Dasturlashdan uncha xabari bo’lmaganlar uchun tushunrtiray…
Androidda ishlaydigan telefonlar bor (Samsung, Mi va hokazo) va iOSda (iPhonelar) ishladigan telefonlar bor. Bularga avallari Flutter va React Native ga o’xshagan dasturlash tillarida yozish qulay edi. Chunki dasturni bitta tilda yozib qo’yardiz, har ikkisida ham ishlayverardi. Lekin bu qurg’ur telefonlarni (OSlarni) o’zini yaxshi ko’rgan tili bor edi. Masalan Android uchun Kotlin, iOS uchun Swift edi…
Kompaniyalar uchun alohidadan dasturchilarni olib o’tirish qimmatga tushardi. Tasavvur qiling, bitta yangi funksiya qo’shmoqchi bo’lsangiz, ham Kotlinchiga ham Swiftchi dasturchiga pul to’lar edingiz. Shuning uchun hamma sekin-sekin flutter va react nativga o’tishdi. Ham kam ish qilinadi, ham kam harajat…
Shular endi o’zgaryapti ekan. Korxonalar AI sababli endi o’zlarini dasturlarini native programmalarda yozishni boshlashibdi yana… ecom platformasi Shopify yaxshi blog yozibdi o’zi nega nativega qaytayotgani haqida…
Post #947
1.94K
- 🔥 5
- ❤ 1