TGViewer
ai mastava ai mastava @aimastava · 4.99K subscribers
Post #960 3.74K
Kotta kompaniyada ishlaydigan dasturchi… real vaziyat:

Jonimga tegdi bu narsalar. Bo‘ldi, tamom. Hozirgi injiniringning ahvoli dahshatli darajada. Katta kompaniyada yangi rolda ish boshlaganimga yarim oy bo‘ldi. Bu yerda hech kim hech narsani bilmaydi.

Texnik talablar (specs), kod, testlar, PRDlar, tiketlar, o‘sha tiketlarning yechimi, hisobotlar va hokazo — hammasini Claude Code qilyapti. Jamoamda hech kimga bu yoqmayapti. Ularni qo‘llaridan kelgancha ko‘proq narsani chiqarishga (ship qilishga) majburlashyapti. Yuqori rahbariyatdan bir necha bor eshitdim: kod yozib chiqarish tiqilinch (bottleneck) emas ekan, unda nega sekinmiz? Odamlar kuniga 12–13 soatlab shunchaki enterni bosish uchun ishlayapti. Hech kim hech narsani o‘qimayapti.

Korporatsiyadagi insonlar o‘z miyalari bilan hech narsa qilmay qo‘ydi. Hamma — L1 dan tortib L7 injenerigacha tom ma’noda bir xil ish bilan band: Claude bilan gaplashish. Hech qanday g‘alaba hissi yo‘q. Xatolarni (bug) hech kim o‘zi to‘g‘rilamayapti. Aslida esa, endi hech kim fikrlamayapti. Hamma narsani LLMlar bajaryapti. Bu odamning ruhini yeb bitiradigan darajada og‘ir. To‘g‘risini aytsam, hech bo‘lmaganda kodni tekshirishga, nima qayerga ketayotganini ko‘rib chiqishga vaqt berishganida ham mayli edi. Lekin yo‘q, maqsad — nima bo‘lishidan qat’i nazar, shunchaki chiqarish (ship qilish).


@aimastava
  • ❤ 14
  • 👍 11
  • 🗿 8
More from @aimastava
  1. Sep 22, 2026Natijalar daxshat, ishlatyapman… ham tez go’yo. @aimastava
  2. Sep 22, 2026Anthropic uzoq muddatli agentlik dasturlash va murakkab bilim talab qiladigan vazifalar uc…
  3. Sep 22, 2026HackerNewsda nima gap? Hozirgi soatgacha bo'lgan yangiliklar: ● macOS 27: AI modellarni yu…
  4. Sep 22, 2026Yandex ham o’zini AliceAI modelini ochiq weightlarini HuggingFace ga qo’yvoribdi «Borey!»…
  5. Sep 22, 2026MASTAVA DAYJEST, 22-Sentabr ● Meta’ning Muse agenti ChatGPT’dan ko‘ra tezroq ommalashmoqda…
  6. Sep 22, 2026xAI kompaniyasi dasturlash va murakkab aqliy mehnat uchun mo‘ljallangan Grok 4.7 modelini…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →