TGViewer
Channel Public Channel
ADPI yoshlari | Rasmiy kanali

ADPI yoshlari | Rasmiy kanali

@adpiyoshlari

Andijon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!

Sizning tashabbusingiz - sizning kelajagingiz uchun!!!

Facebook - https://www.fb.com/adpiyoshlari
Instagram - https://www.instagram.com/adpiyoshlari
Subscribers
5.84K
Photos
6.8K
Videos
645
Links
2.8K
Recent Posts 10 shown
Post #9211 693
🟩🟩🟩🟩

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlangʻich tashkiloti tomonidan talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, madaniy hordiq olishlarini taʼminlash maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar uchun "Kino kechalari" oʻtkazildi

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
  • 🕊 3
  • ❤ 2
Post #9209 3.88K
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

“ONA TILIM — JON-U DILIM” VIDEOROLIKLAR TANLOVIGA START BERILDI!


🔥 2 TA SMARTFON VA 6 TA AQLLI SOAT O‘Z EGALARINI KUTMOQDA!

📣 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Andijon davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Ona tilim — jon-u dilim” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!


🎓 Tanlovda institutning barcha bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

🎬 TANLOV 2 TA YO‘NALISHDA O‘TKAZILADI:

🤖 1-YO‘NALISH: “SUN’IY INTELLEKT VA ONA TILIM”

Ishtirokchilar sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida o‘zbek tilining go‘zalligi, boyligi va jozibasini tarannum etuvchi 1 daqiqalik videorolik tayyorlaydilar.
📲 Videoroliklar institutning Instagram’dagi https://www.instagram.com/adpiuz sahifasiga joylashtiriladi.

🏆 G‘OLIBLARGA MUKOFOTLAR:
🥇 Bosh sovrin — so‘nggi rusumdagi SMARTFON!
Videorolikning layk, izoh va repost ko‘rsatkichlari asosida eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
⌚️ Maxsus nominatsiyalar:
❤️ Eng ko‘p layk to‘plagan videorolik — SMARTWATCH
👁 Eng ko‘p ko‘rilgan videorolik — SMARTWATCH
🔁 Eng ko‘p repost qilingan videorolik — SMARTWATCH


🎥 2-YO‘NALISH: “ONA TILIM — MENING IFTIXORIM”

Ushbu yo‘nalishda talabalar o‘zlari bevosita ishtirok etgan, ona tilimizga bo‘lgan muhabbat, milliy qadriyatlar va tilimizning betakrorligini aks ettiruvchi 1 daqiqalik videorolik tayyorlaydilar.
📲 Videoroliklar institutning @adpiyoshlari Telegram kanaliga joylashtiriladi.

🏆 G‘OLIBLARGA MUKOFOTLAR:
🥇 Bosh sovrin — so‘nggi rusumdagi SMARTFON!
Eng ko‘p layk, izoh va repost ko‘rsatkichlari asosida yuqori natijaga erishgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
⌚️ Maxsus nominatsiyalar:
❤️ Eng ko‘p layk to‘plagan videorolik — SMARTWATCH
👁 Eng ko‘p ko‘rilgan videorolik — SMARTWATCH
🔁 Eng ko‘p repost qilingan videorolik — SMARTWATCH


🎁 UMUMIY SOVRINLAR JAMG‘ARMASI:
📱 2 TA SO‘NGGI RUSUMDAGI SMARTFON
⌚️ 6 TA ZAMONAVIY AQLLI SOAT (SMARTWATCH)

⏰ VIDEOROLIKLARNI QABUL QILISHNING OXIRGI MUDDATI:
📅 16-oktyabr, 2026-yil
🕛 Soat 23:59 ga qadar


📩 Tayyor videoroliklar quyidagi Telegram bot orqali qabul qilinadi:
👉 https://t.me/adpiyoshlari_bot

🇺🇿 Ona tilimizga bo‘lgan muhabbatingizni ijodingiz orqali namoyon eting!

🚀 Kreativ g‘oyangizni videorolikda aks ettiring, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘ling va qimmatbaho sovrinlardan birini qo‘lga kiriting!

🔥 UNUTMANG! SIZNI 2 TA SMARTFON VA 6 TA AQLLI SOAT KUTMOQDA!

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 5
Post #9208 584

Forwarded from Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

🇺🇿Zulfiyanomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda

Yurtimizdagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lgan mazkur e’tirof o‘z sohasining chinakam yetakchisi bo‘lgan, iqtidorli va tashabbuskor qizlarimizni izlamoqda.

Mukofotga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, a’lo xulqi, noyob iste’dodi hamda so‘nggi uch yil mobaynida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.

Joriy yilgi tanlovning eng muhim yangiligi shundaki, an’anaviy ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari qatoriga “tibbiyot” yo‘nalishi ham qo‘shildi. Endilikda iqtidorlar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha saralanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi hamda o‘z hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.

O‘z iqtidoringizni namoyon eting va yuksak e’tirofga sazovor bo‘ling!

✔️Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting

#Zulfiya #nomzodlar2026

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
  • ❤ 3
Post #9206 864

Forwarded from Zakovat intellektual klubi

🎂 Bugun “Zakovat” qayta tug‘ilganiga 5 yil bo‘ldi!

5️⃣ Bundan roppa-rosa 5 yil oldin - 2021-yil 12-oktabr kuni prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Romitan tumanida oʻtkazilgan Breyn-ring musobaqasi finaliga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir soʻngida nutq soʻzlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish hamda “Zakovat” o‘yinini ommalashtirish uchun koʻplab tashabbuslarni bildirgan edi.

☝🏻Shubhasiz, “Zakovat” o‘yinining bugungi darajaga yetishida ushbu voqeaning ahamiyati beqiyos.

🖋 Ushbu tarixiy voqeada ishtirok etgan minglab klubdoshlarimiz izohlarda o‘z xotiralarini yozib qoldirishlari mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
  • ❤ 5
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • ❤‍🔥 1
Post #9205 640

Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal

🌸 11-OKTABR — XALQARO QIZLAR KUNI!

Qizlar — jamiyatimizning bebaho boyligi, ilm-ma’rifat, ezgulik va taraqqiyot sari intilayotgan kelajagimiz bunyodkorlaridir!

🇺🇳 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni deb e’lon qilingan.

Mazkur sana dunyo miqyosida qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sifatli ta’lim olishi, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratish muhimligini yana bir bor eslatadi.

💐 Bugun qizlarimiz ilm-fan, ta’lim, innovatsiya, sport, san’at va boshqa ko‘plab sohalarda ulkan marralarni zabt etib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Andijon davlat pedagogika institutida ham talaba-qizlarning bilim olishi, ilmiy va ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish hamda yangi tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, bugun bilimli, tashabbuskor va o‘ziga ishongan qiz — ertaga yetuk mutaxassis, fidoyi pedagog va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yetakchidir!

✨ Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi barcha qizlarimizni ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi!

Aziz qizlar! Orzularingiz ulkan, maqsadlaringiz yuksak, ilm va muvaffaqiyat sari yo‘lingiz doimo yorug‘ bo‘lsin!

🌷 Xalqaro qizlar kuni muborak bo‘lsin!

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 12
  • 🔥 2
  • 🕊 2
Post #9204 2.57K
🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥

“Qizlar FEST” — jasorat, bilim va imkoniyatlar maydoni

Andijon viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida “Qizlar FEST” loyihasi doirasida harbiy sohaga qiziqadigan qizlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 11
  • 🔥 2
  • 🥰 1
  • 🤩 1
Post #9203 2.45K
🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥

Yoshlar markazida “Zakovat Quiz” musobaqasi o‘tkazildi


11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Andijon viloyati Yoshlar markazida qizlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual musobaqasi tashkil etildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 3
  • 🎉 1
Post #9202 831

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X
  • ❤ 4
Post #9193 1.06K

Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal

🟧🟧🟧

“QIZLAR FEST 2026” — TALABA-QIZLAR TASHABBUSLARI FORUMI


Bugun Andijon davlat pedagogika institutida “Qizlar Fest 2026” — Talaba-qizlar tashabbuslari forumi doirasida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, o‘z yutuqlari va faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Qizlar qizlarga qanot” shiori ostida tashkil etilgan uchrashuv talaba-qizlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda muvaffaqiyatli xotin-qizlarning tajribasini yoshlar bilan o‘rtoqlashishga qaratildi.

Uchrashuvda “Taraqqiyot” teleradiokanali jurnalisti Ruxshona Alimjonova, bloger “Andijonlik.qiz” — Barchinoy Abduraimova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Mohlaroy Umurzoqova, “Qizlar ovozi” klubi Andijon viloyati bosh koordinatori Muhlisa Karimova hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi Oltinoy Adhamova ishtirok etdilar.

Muloqot davomida mehmonlar o‘zlarining kasbiy faoliyati, erishgan yutuqlari va orttirgan tajribalari haqida so‘zlab, talaba-qizlar bilan fikr almashdilar. Shuningdek, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish, tashabbuskorlikni oshirish hamda aniq maqsadlar sari intilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv talaba-qizlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, mehmonlar bilan bevosita suhbatlashish va kelajakdagi faoliyatlari uchun foydali tavsiyalar olish imkonini berdi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 2
  • 🔥 2
Older posts →

About this channel

How can I read @adpiyoshlari without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ADPI yoshlari | Rasmiy kanali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ADPI yoshlari | Rasmiy kanali have?
ADPI yoshlari | Rasmiy kanali (@adpiyoshlari) has 5.84K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ADPI yoshlari | Rasmiy kanali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →