Institut bitiruvchisi mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlandi
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda namoyon etishi uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Andijon davlat pedagogika institutida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni mutaxassisligi bo‘yicha ish faoliyatiga yo‘naltirish hamda kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur sa’y-harakatlarning amaliy natijasi sifatida institutning navbatdagi bitiruvchisi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlandi.
Ma’lumki, viloyat hokimi va bitiruvchi yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida Andijon davlat pedagogika instituti bitiruvchilari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish istagini bildirgan edi. Ushbu murojaat tegishli mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, qisqa muddatda amaliy yechim topildi.
Natijada bitiruvchi o‘z mutaxassisligiga mos ish o‘rniga joylashtirildi. Bu esa yoshlarning murojaatlari e’tibordan chetda qolmayotgani, ularning bandligini ta’minlash borasida amaliy natijalarga erishilayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
Andijon davlat pedagogika institutida bundan buyon ham bitiruvchilarning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilish hamda munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #56
841