TGViewer
ADPI KARYERA ADPI KARYERA @adpi_career · 1.45K subscribers
Post #88 440

Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal

ADPI TALABALARI VITEBSK DAVLAT UNIVERSITETIDA MAHORAT DARSLARIDA ISHTIROK ETDI

Andijon davlat pedagogika instituti talabalarining Belarus Respublikasidagi akademik mobillik doirasidagi tashrifi davom etmoqda. Tashrif davomida talabalar Vitebsk davlat universitetining Tasviriy san’at va grafika fakultetida bo‘lib, fakultet faoliyati hamda ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv jarayonida talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan san’at asarlari namoyish etildi. ADPI talabalari ushbu ijodiy ishlarni tomosha qilib, tasviriy san’at sohasidagi tajribalar bilan tanishdilar. Shuningdek, ular tashkil etilgan mahorat darslarida bevosita ishtirok etib, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, tasviriy san’at yo‘nalishidagi bilimlarini boyitish hamda xalqaro tajriba almashish uchun muhim imkoniyat yaratdi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
More from @adpi_career
  1. Oct 17, 2026🟦🟦🟦🟦🟦 ADPI KARYERA 👍 💼 WESTER xususiy maktabi o‘z jamoasiga yangi mutaxassislarni i…
  2. Oct 17, 2026ADPI TALABALARI VITEBSK DAVLAT UNIVERSITETIDA MAHORAT DARSLARIDA ISHTIROK ETDI 🟦Rasmiy sa…
  3. Oct 17, 2026Андижон вилояти делегацияси Витебск давлат университетида бўлди Айни кунларда Андижон вило…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →