🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧
BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN “KELAJAKKA QADAM” LOYIHASI DOIRASIDA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida “Kelajakka qadam” loyihasi asosida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi faoliyati uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, startap loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar hamda bank xizmatlaridan samarali foydalanish masalalari tushuntirildi. Shuningdek, bitiruvchilarning biznes g‘oyalarini amalga oshirish, innovatsion loyihalarni rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarning tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini oshirish, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda mustaqil faoliyat boshlashlari uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashishga qaratildi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #44
882






