Head of Design @uniconsoft
Dizayn va shu atrofidagi mavzularda yozaman. Ba'zida memlar ham ulashaman)
Post #460
1.57K

SUN’IY IDROK
Gar savol tug‘ilsa, o‘ylarding avval,
Yechim izlab tunlar, surarding hayol.
Sun’iy idrok chiqib, bo‘lding-ku tanbal —
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
“Qanday yozayin?” — deb botdan so‘raysan,
Shu yo‘l bilan hatto qizlar o‘raysan.
Karra jadvalin ham durust bilmaysan —
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Deysan: “O‘ylanmoqqa endi ne hojat,
ChatGPT’dan so‘ra, beeehijolat”.
Do‘stim, menda yo‘qdir senga adovat —
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Zehn ham ishlasa, charxlanar har dam,
Charxlamay qo‘ysang-chi — sustlashib qolar.
Mahkum bo‘lmagin sen unga, ey Odam!
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Dasturchisan, kod yozarding tun-u kun.
Afsus, endi botdan emassan ustun.
Tan ol, bilasan-ku, ishsizsan bir kun.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Dizayner-ku o‘zin aldab yuribdi,
Kim kimdan zo‘rligin bilib turibdi,
Ammo bil, ko‘ndalang qo‘yib qo‘yibdi.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Robotga topshirdik “toza” ishlarni,
O‘zimiz ko‘tardik ketmon, g‘ishtlarni,
U bizdan o‘rgandi barcha sirlarni.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Yoshlar kasb tanlashda qoldilar hayron,
“Besh yil o‘tib qay ish qoladi omon?”
“Robot egallamagan soha bormi?” — gumon.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
“Terminator” ko‘rib, rosa kulishgan,
Kinoni ertak deb, chetga surishgan.
“Bunday kun kelmaydi”, deya yurishgan.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Bugun sen buyruqni berding xotirjam,
Hali aksi bo‘lar, bo‘lmagin beg‘am.
O‘sha kun qilmayin desang sen alam —
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Sun’iy aqlning ham foydasi bisyor,
Ishni tezlatadi, bo‘lsa u dastyor.
Asbobi boshqargan bo‘lur albat xor.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Lek muammo sun’iy aqlda emas,
Tushun, bu insonga aslo yarashmas.
Fikrsiz manqurtda yaxshilik bo‘lmas.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Shu yerda she’rimga qo‘yayin nuqta,
“Qoyil!” deb yubormang menga behuda,
Chunki buni o‘zim yozganim yo‘q-da —
Buni ham GPT yozdi, birodar.
@AbbosDesign
©️ Shoir Abbos Jipitiy
08.09.2026
Gar savol tug‘ilsa, o‘ylarding avval,
Yechim izlab tunlar, surarding hayol.
Sun’iy idrok chiqib, bo‘lding-ku tanbal —
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
“Qanday yozayin?” — deb botdan so‘raysan,
Shu yo‘l bilan hatto qizlar o‘raysan.
Karra jadvalin ham durust bilmaysan —
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Deysan: “O‘ylanmoqqa endi ne hojat,
ChatGPT’dan so‘ra, beeehijolat”.
Do‘stim, menda yo‘qdir senga adovat —
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Zehn ham ishlasa, charxlanar har dam,
Charxlamay qo‘ysang-chi — sustlashib qolar.
Mahkum bo‘lmagin sen unga, ey Odam!
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Dasturchisan, kod yozarding tun-u kun.
Afsus, endi botdan emassan ustun.
Tan ol, bilasan-ku, ishsizsan bir kun.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Dizayner-ku o‘zin aldab yuribdi,
Kim kimdan zo‘rligin bilib turibdi,
Ammo bil, ko‘ndalang qo‘yib qo‘yibdi.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Robotga topshirdik “toza” ishlarni,
O‘zimiz ko‘tardik ketmon, g‘ishtlarni,
U bizdan o‘rgandi barcha sirlarni.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Yoshlar kasb tanlashda qoldilar hayron,
“Besh yil o‘tib qay ish qoladi omon?”
“Robot egallamagan soha bormi?” — gumon.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
“Terminator” ko‘rib, rosa kulishgan,
Kinoni ertak deb, chetga surishgan.
“Bunday kun kelmaydi”, deya yurishgan.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Bugun sen buyruqni berding xotirjam,
Hali aksi bo‘lar, bo‘lmagin beg‘am.
O‘sha kun qilmayin desang sen alam —
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Sun’iy aqlning ham foydasi bisyor,
Ishni tezlatadi, bo‘lsa u dastyor.
Asbobi boshqargan bo‘lur albat xor.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Lek muammo sun’iy aqlda emas,
Tushun, bu insonga aslo yarashmas.
Fikrsiz manqurtda yaxshilik bo‘lmas.
Tabiiy idrokni ham ishlat, birodar.
Shu yerda she’rimga qo‘yayin nuqta,
“Qoyil!” deb yubormang menga behuda,
Chunki buni o‘zim yozganim yo‘q-da —
Buni ham GPT yozdi, birodar.
@AbbosDesign
©️ Shoir Abbos Jipitiy
08.09.2026
- 😁 34
- 🤣 20
- 🔥 5
- ❤ 3
- ⚡ 2



















