TGViewer
zokirov.dev zokirov.dev @zokirovdev · 1.06K subscribers
Post #342 1.37K
Polshaga kelganimga tahminan 6 oy bo’ldi. Shu 6 oy tinimsiz IT bo’yicha ish qidirdim. Lekin topshirgan 100dan ortiq kampaniyalarimdan ko’pchiligi O’zbekistondagi tajribamni yetarli deb hisoblamadi shekilli, qaytib javob ham yozishmadi.

Oradan vaqt o’tib, Yanvarda nihoyat ishga taklif oldim. Lekin ular ham biroz muddatdan keyin man bilan kontrakt tuzmasligini aytishdi. Yaxshigina depressiya bo’ldi.

Yevropada ish topish bo’yicha platformalarga emailingizni kiritsangiz, sizga tinimsiz reklamalar kelishni boshlaydi. Bir kun shunday email keldi, qarasam yaxshi oylik, yaxshi kompaniya, yaxshi texnologiyalar. Lekin oddiy kompaniyalar xatto CVimni ko’rmayotganda, bularni o’ylamasam ham bo’ladi deb bu emailni ham jiddiy olmasdan, javob yozmadim.

Oradan 2 kun o’tib shu emailga qo’shimcha email keldi. Unda manga email yozishganligini va man nima deb o’ylashimni so’rashibdi. Ha mayli deb umidsizlik bilan ishga topshirib qo’ydim. Tanishuv intervyusiga link keldi. Kompaniya bilan tanishib oldim. Keyin yana 2 ta intervyudan bir amallab o’ttim. So’ngi intervyu qoldi. Naqd 4 soatlik. Unda dunyodagi eng kuchli universitetlardan Columbia University va Northeastern University bitiruvchilari bo’lgan, hozirda jamoada senior lavozimda ishlayotgan dasturchilar bilan kod yozishim kerak edi. Ular qayerni bitirganligini ko’rib, ishga umuman umidim qolmadi.

Interview kuni keldi. To’g’risini aytsam boshidagi 3 soat o’ylaganimdan osonroq bo’ldi. Lekin oxirgi soatta katta xatolar qilib qo’ydim. Hullas ishga olishmaydi deb o’yladim. Ikki kundan keyin telefon qilib offer berishmoqchi ekanligini aytishdi va shu kunning o'zida kontrakt imzoladik.

Shunday qilib karyeramning yangi bo’limini o’zim tassavvur ham qilmagan kompaniyada boshlaydigan bo’ldim.

ITda pul ko’p to’g’ri, lekin bu o’ziga yarasha qiyinchiliklar bilan birga keladi. Agar kimdir hozir yoki keyinchalik shu holatda bo’lsa, shunchaki taslim bo’lmasdan oxirigacha kurashishini so’rab qolgan bo’lardim.

Bu 6 oy davomidagi qiyin vaziyatlarimda doim yordamga tayyor bo’lgan akam, kenayim, ota-onam va Azimjon akaga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Telegram | Instagram
  • 🔥 20
  • 👍 8
  • ⚡ 4
  • ❤ 3
  • 😍 2
  • ❤‍🔥 1
More from @zokirovdev
  1. Aug 27, 2026Ba'zilarni bugun rasmiy gameplay trailer chiqqanligidan habari yo'q ekan. Video rasmiy You…
  2. Aug 27, 2026Ishdan 2 hafta vacation olib full story modeni stream qilishni o'ylab qoldim.
  3. Aug 27, 2026video post
  4. Aug 27, 2026GTA VI
  5. Aug 9, 2026As Ronaldo said after scoring 2 goals against Uzbekistan, I am back Come to YouTube or Twi…
  6. Jan 30, 2026Waymo - Google’ning o’zi yurar avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi - dan kettim.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →