โข Odamlarda ortiqcha vazn yo'q (qorinboylar yo'q)
โข Yevropa oyligi bilan O'zbekistonda shox bo'lib yashaysiz, Singapurda esa o'rta qatlamdek :)
โข Singapur - Sharqiy Osiyo davlatlari (Yaponiya, Koreya, Xitoy, Tailand, Vietnam va hokazo) ning har biridan eng yaxshi jihatlarni jamlagan ideal davlat.
โข Mamlakat hudud jihatdan Toshkent shahridan 1.7 barobar katta, butun O'zbekistondan esa 622 barobar kichkina
โข Hukumat xorijliklar uchun deyarli alohida benefitlar bermaydi
โข 3 ta asosiy til mavjud: ingliz, mandarin (xitoy) va hind. Shu tufayli ham ushbu tilda gapiruvchi aholi ko'proq immigratsiya qilgan. Deyarli barcha ingliz tilida ravon gapiradi. Ko'chada yo'l belgilari ham ingliz tilida.
โข Tahminan 50 tacha O'zbek bor ekan. Shulardan 40 tasi studentlar, qolganlari ishlaydi. Atiga 3-4 tasigina "white collar job" da ishlaydi.
โข Immigratsiya tizimi shunchaki super: 100% raqamlashtirilgan, budkada o'tiruvchi hodimlar yo'q, mamlakatga 1-martta kelayotgan bo'lsangiz elektron qurilmada pasportingizni skaner qilasiz, face ID va barmoq izi oladi sizdan. Jami 30 sekund. Keyingi kelishlaringizda passport ham shart emas, face ID bilan kirib kelaverasiz.
โข Aeroport judayam katta va yashil. Dunyoning eng chiroyli va havfsiz aeroporti hisoblanadi.
โข Metro davlatning barcha nuqtasigacha boradi.
โข Narx-navo har hil: uy-joy (eskiroq shahar markazida bo'lmagan 50 kvadratli uy tahminan 2 mln USD), mashina judayam qimmat (Yaponiyada 25 ming USD turuvchi Toyota Camry, bu yerda 150,000 USD); oziq-ovqatlar yevropa bilan bir hil, jamoat transporti arzon; mashinalar qimmatligi va ularni 10 yildan ortiq ishlatib bo'lmasligi tufayli taxi narxlari qimmat.
โข Xavfsizlik a'lo darajada, bemalol qo'rqmasdan yuraversangiz bo'ladi. Dunyonining eng xavfsiz mamlakati.
โข Ob-Havo: mamlakat ekvator chizig'ida joylashganligi uchun faqat 1 ta fasl bor: Yoz. 365 kun doim bir hil 28-30 gradus bo'ladi. Kechasi ham deyarli salqin tushmaydi. Namlik 80-100%, tabiiyki nafas olish qiyin. 500 metr yursangiz terlab suv bo'lib ketasiz.
Diyora har safar: "Dada, ishxonanga mani olib bor, cookies ๐ช yeyman" deydi.
1-2 marta kelgandi. Yana olib keldim.
Farzandlaringizga qayerda ishlashingiz, kun davomida 8-10 soat ulardan yiroqda qayerda bo'lishingiz, sarflayotgan mablag'laringiz manbasi nima ekanligini siz ham ko'rsating.
Ishoning, farzandingiz o'sha kun ancha ulg'ayadi, ko'p narsa ko'radi, o'rganadi. โ
How can I read @asrorsdaily without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Asror's Blog: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Asror's Blog have?
Asror's Blog (@asrorsdaily) has 125 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Asror's Blog know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.