Singapur 🇸🇬 dan ilk 'insight'larim:
• Immigratsiya tizimi shunchaki super: 100% raqamlashtirilgan, budkada o'tiruvchi hodimlar yo'q, mamlakatga 1-martta kelayotgan bo'lsangiz elektron qurilmada pasportingizni skaner qilasiz, face ID va barmoq izi oladi sizdan. Jami 30 sekund. Keyingi kelishlaringizda passport ham shart emas, face ID bilan kirib kelaverasiz.
• Aeroport judayam katta va yashil. Dunyoning eng chiroyli va havfsiz aeroporti hisoblanadi.
• Metro davlatning barcha nuqtasigacha boradi.
• Narx-navo har hil: uy-joy (eskiroq shahar markazida bo'lmagan 50 kvadratli uy tahminan 2 mln USD), mashina judayam qimmat (Yaponiyada 25 ming USD turuvchi Toyota Camry, bu yerda 150,000 USD); oziq-ovqatlar yevropa bilan bir hil, jamoat transporti arzon; mashinalar qimmatligi va ularni 10 yildan ortiq ishlatib bo'lmasligi tufayli taxi narxlari qimmat.
• Xavfsizlik a'lo darajada, bemalol qo'rqmasdan yuraversangiz bo'ladi. Dunyonining eng xavfsiz mamlakati.
• Ob-Havo: mamlakat ekvator chizig'ida joylashganligi uchun faqat 1 ta fasl bor: Yoz. 365 kun doim bir hil 28-30 gradus bo'ladi. Kechasi ham deyarli salqin tushmaydi. Namlik 80-100%, tabiiyki nafas olish qiyin. 500 metr yursangiz terlab suv bo'lib ketasiz.
Post #346
102
- 👍 6
- 🆒 2
- ❤ 1