Kitob tumanida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Kitob tumanida Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish maqsadida keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar doirasida maktablarda o‘quvchilarga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalari tushuntirilayotgan bo‘lsa, avtoturargohlarda haydovchilar bilan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, transport vositalarini belgilangan tartibda boshqarish va mas’uliyatni oshirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, jamoat joylarida aholi vakillari bilan profilaktik uchrashuvlar tashkil etilib, piyodalar xavfsizligi, yo‘llarda hushyorlik va har bir harakat ishtirokchisining mas’uliyati yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Maqsad — yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va inson hayotini asrash!
Post #18416
426




