🇺🇿 2026-yil 25-sentabr kuni, soat 10:00 dan boshlab Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida fuqarolar uchun qabul o‘tkaziladi. Qabulni boshqarma boshligʼining oʼrinbosari-Tergov boshqarmasi boshligʼi polkovnik Muzaffar Rahmatullayev o‘tkazadi. Qabul davomida fuqarolarning tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov jarayonlaridagi muammo va murojaatlari ko‘rib chiqiladi. 🕐 Sana va vaqt: 2026-yil 25-sentabr, soat 10:00 dan boshlab 📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati IIB binosi
Fuqarolarni ushbu qabulda faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Yo'l harakati qoidalariga e'tibor bolalikdan boshlanadi......
Yakkabog’ tuman MMTB axborot xizmati jamosi tuman IIB JXH YHX boshlig’i kapitan Murodov Nodirbek Baxromovich hamda tuman MMTB axborot xizmati jamoasi bilan o'zaro hamkorlikda muntazam tashkil etilayotgan "Yo'l harakati qoidalariga e'tibor bolalikdan boshlanadi" targ’ibot tadbirlari o'z natijasini bermoqda. Navbatdagi targ’ibot tadbiri tuman MMTB mas’ul xodimi S.Eshboboyev bilan tumandagi 21-umumiy o’rta ta’lim maktabida o'quvchi yoshlar o'rtasida yo'l xodisalarini oldini olish maqsadida maktab o'quvchilari davra suhbatlari hamda tushuntirish-targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.Bu kabi jarayonlar maktab o'quvchilari bilan bog'liq yo'l transport xodisalari keskin kamayishiga olib kelmoqda. Yakkabog’ tuman MMTB axborot xizmati jamosi tuman IIB JXH YHX boshlig’i kapitan Murodov Nodirbek Baxromovichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi!
🇺🇿 Asosiy maqsad - bolalarning xavfsizligini ta'minlash!
Erta tongdan Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB yo'l patrul xizmati inspektorlari, viloyat hududidagi yo'l yoqasida joylashgan maktablar oldida, bolalarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha xizmat olib borish bilan bir qatorda bolalarga yo’l harakati qoidalari bo’yicha tushunchalar berib borishmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXBda navbatdagi maxsus unvonlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan navbatdagi maxsus unvonlarga sazovor bo‘lgan xodimlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Xodimlarga xizmat faoliyatida halollik va poklik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, qonuniylikni ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini hurmat qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, xizmat davomida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, mansab vakolatlaridan qonuniy va vijdonan foydalanish, xizmat intizomi hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida qayd etildi.
🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
‼️Qashqadaryo viloyati hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida YPX xodimlari tomonidan fuqarolar o‘rtasida korxona va tashkilotlatda keng qamrovli profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
⚡️Targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarga kiberjinoyatlarning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyorlikni oshirish, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
🛵🏍Shuningdek, moped va skuter haydovchilariga mazkur transport vositalarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tegishli hujjatlarga ega bo‘lish hamda ularni boshqarish uchun zarur bo‘lgan haydovchilik huquqiga ega bo‘lish talablari tushuntirilmoqda.
🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Qashqadaryo IIB YHXB | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Qashqadaryo IIB YHXB | Rasmiy kanal have?
Qashqadaryo IIB YHXB | Rasmiy kanal (@ypxx1) has 3.12K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Qashqadaryo IIB YHXB | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.