Qarshi shahridagi 19-maktabda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Qarshi shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, 1-oktabrdan 1-noyabrga qadar o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida o‘quvchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va kelajagiga yetkazadigan zararlari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga, huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lishga hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirildi.
Post #18345
678