⚠️Shahrisabz shahrida yo'l bezoriligi huquqbuzarligini sodir etgan haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko'rildi
"Nexia-2" rusumli avtomashina haydovchisi, Shahrisabz shahar markaziy ko'chalari bo'ylab piyodalar yoki boshqa haydovchilar hayotiga real xavf tug‘dirib, namoyishkorona yo’l harakati qoidalarini buzib, yo'l bezoriligini sodir etib avtomashina boshqarganligi holati yuzasidan Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 128 ¹⁰-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchiga nisbatan to'plangan ish hujjatlari Jinoyat ishlar bo'yicha Shahrisabz shahar sudida ko'rib chiqildi.
Sud qarori bilan haydovchi 1 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 11.000.000 so'm jarima jazosi tayinlandi.
🅰Kimda kim ushbu haydovchi tomonidan sodir etilgan qo‘pol qoidabuzarliklardan jabrlangan bo‘lsa, 102 raqamiga yoki yaqin oradagi IIBga murojaat qilishingizni so‘raymiz!
❗️Barcha haydovchilardan yo'l harkati qoidalariga rioya qilishlarini so‘raymiz.
🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
Post #17778
834