TGViewer
Channel Public Channel
Yoshlar ovozi

Yoshlar ovozi

@yoshlarovozi

✅ “Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali

🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin

• www.yoshlarovozi.uz
Subscribers
2.85K
Photos
4.7K
Videos
539
Links
4.8K
Recent Posts 20 shown
Post #6767 245
#bepul_obuna

🔴“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 14-oktabrdagi 29-sonini taqdim etamiz:

✔️ Bir oy — toʻrt mahalla

✔️ Oʻzbekiston yoshlari robototexnikada tengsiz

✔️ Raqamli hukumat: maʼlumotlar xavfsizligi va masʼuliyat

✔️ Oʻzbekistonliklar sogʻligini SIga ishonadimi?

✔️ Milliy sertifikat: Bilim yetarli, joy-chi?


🔖 Yuklab olish

✏️ Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • ❤ 3
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #6766 323
#dolzarb

🧐Ish uchun tajriba kerak, tajriba uchun ish

Diplom – qo‘lda. Rezyume tayyor. Ishlashga ishtiyoq bor. Vakansiya ham topildi. Ammo e’lonning oxiridagi eslatma hammasini yo‘qqa chiqaradi: “Kamida 2 yillik ish tajribasi talab qilinadi”... U universitetni endigina tugatgan. Hali ikki yil ishlashga ulgurmagan. Ammo ishga kirishi uchun undan shu so‘ralmoqda. Tajriba orttirish uchun ish kerak, ishga kirish uchun esa tajriba. Bu – mehnat bozoriga ilk qadam qo‘yayotgan minglab yoshlar duch kelayotgan paradoks.


Jarayon cho‘zilgan sari yoshning maqsadlari ham o‘zgaradi. Avvalgi “O‘z sohamda yaxshi ish va yaxshi maosh topaman” degan qat’iyatdan “Hech bo‘lmasa tajriba orttiray” degan fikr ustun keladi.

Shu nuqtada amaliyot, stajirovka va boshlang‘ich lavozimlar yagona chiqish yo‘lidek ko‘rinadi. Ammo bu bosqichda ham muammo bor: tajriba orttirish imkoniyati ba’zan juda past maosh yoki umuman haq to‘lanmaydigan mehnat evaziga taklif qilinadi.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/tajriba-kerak

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👍 2
  • 💯 2
  • ❤ 1
Post #6765 234

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿O‘zbekiston — robototexnika bo‘yicha jahon chempioni!

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 200 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida o‘tayotgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi!

Terma jamoamiz 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi.

🚀Yosh muhandislarimiz 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.

Ushbu natija O‘zbekiston yoshlarining muhandislik va robototexnika sohasidagi salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yana bir yorqin namunasidir.

Yosh muhandislarimizni ushbu tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz!


🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
  • 🔥 7
  • ❤ 2
  • 👏 1
Post #6764 315

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi

🏳️‍🌈O‘zbekistonlik talabalar uchun “Google Gemini AI Plus” obunasi 1 yil davomida BEPUL!

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Paket ichiga nimalar kiradi:
• Gemini ilovasi va “Flash Thinking” modelining kengaytirilgan imkoniyatlari;
• 400 GB bulutli xotira (Google Disk, Foto, Gmail);
• Gemini Notebook, Gmail integratsiyasi hamda Google Flow AI-studiyasi.

Aziz talabalar, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishdan to‘xtamang:
• aileaders.uz — xalqaro sun'iy intellekt kurslarini bepul o‘rganing;
• startupbase.uz — SI yordamida o‘z startap loyihangizni yo‘lga qo‘ying.

🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
  • 👍 3
Post #6763 1.1K
⚡️Talabalarga 60 dollarlik Google AI obunasi bepul beriladi

O‘zbekistonlik talabalar endi Google Gemini AI Plus xizmatidan bepul foydalanishlari mumkin. Ilgari yiliga 60 dollar bo‘lgan obunani Aileaders.uz platformasi orqali rasmiylashtirish mumkin. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ma’lum qildi.

Google bilan hamkorlik natijasida O‘zbekiston talabalar uchun xalqaro tasdiqlash tizimi qo‘llab-quvvatlaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bepul obuna orqali talabalar Gemini sun’iy intellektidan kengroq foydalanishi, Gmail, Google Disk va Google Foto uchun 400 GB xotira olishi mumkin.


Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida video, musiqa va boshqa materiallar yaratish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari, Aileaders.uz platformasida sun’iy intellekt bo‘yicha 100 dan ortiq xalqaro kursni bepul o‘rgansa bo‘ladi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #6762 451
#yetakchi_tajribasi

🔴Yoshlarga imkon berilsa, natija boʻladi

Mirishkor mahallasida 2025-yilda amalga oshirilgan muhim loyihalardan biri “Bitiruvchi yoshlar” dasturi bo‘ldi.
Dastur doirasida 24 nafar bitiruvchi yosh to‘liq qamrab olindi. Ularning mehnat bozoriga kirishi, ta’limni davom ettirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi bo‘yicha individual yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.

🔴Natijada:
11 nafari mehnat bozoriga kirib keldi;
3 nafari oliy ta’limni davom ettirdi;
2 nafari o‘qishini davom ettirishga qaror qildi;
4 nafari kredit asosida qo‘llab-quvvatlandi;
2 nafari doimiy ishga joylashtirildi.


Yil yakuniga kelib dastur ishtirokchilarining 23 nafarining bandligi ta’minlandi.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/yosh-imkon

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👍 4
Post #6760 562
#bepul_obuna

🔴“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 7-oktabrdagi 28-sonini taqdim etamiz:

✔️ Ikki taʼlim vazirligi birlashdi: Taʼlim va ilm-fan vazirligi qanday ishlaydi?

✔️ Har bir yosh taqdirida oʻzgarish

✔️ Sirli mijoz: Dorilar narxi 6 barobargacha oshirilgani ma’lum boʻldi

✔️ Ayol va mehnat bozori: Tenglik qayerda toʻxtaydi?

✔️ Gʻalabada ota-onalar xizmati beqiyos


🔖 Yuklab olish

✏️ Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #6759 920
#dolzarb

⁉️Bola parvarishi faqat onaning ishimi? Oʻzbekistonda otalik taʼtili nega yoʻq?

Ota-onalik mas’uliyatini teng taqsimlash bo‘yicha dunyoda so‘nggi yillarda aniq yo‘nalish paydo bo‘ldi: bolaga g‘amxo‘rlik faqat onaning emas, otaning ham bevosita ishtiroki bilan boshlanishi kerak. Shu sabab ko‘plab mamlakatlarda otalarga qisqa muddatli bo‘lsa-da, haq to‘lanadigan ta’til joriy etilgan. Bunday mexanizm chaqaloq bilan erta emotsional bog‘lanishni kuchaytiradi, onaning tug‘uruqdan keyingi davrini yengillashtiradi va ish bozorida gender tenglikka xizmat qiladi.

O‘zbekistonda esa amaldagi tartiblar otaning alohida, haq to‘lanadigan ta’tilini nazarda tutmaydi, parvarish bo‘yicha asosiy yelka hanuz onaga yuklanadi. Bu nafaqat oilaviy muvozanatga, balki mehnat unumdorligi va ayollarning ishga qaytish imkoniyatlariga ham ta’sir qiladi.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/otalik

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 😁 4
  • ❤ 2
Post #6758 1.4K
⚡️Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi

Oliy Majlis Senatida 2-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan yalpi majlisda “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni koʻrib chiqildi.

Qonun bilan nimalar o‘zgarmoqda?
🔴Jazolarning keskinlashishi: 14 yoshga to‘lmagan bolaning nomusiga tekkan yoki unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan jinoyatchilarga 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda. O‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha muddat o‘tib ketishi qo‘llanilmaydi, bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatdan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanadi.

🔴Protsessual himoya va bepul yuridik yordam: Jabrlangan yoki guvoh bo‘lgan bolalarga ilk daqiqalardan boshlab davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi. So‘roq jarayonlari videoyozuvda qayd etiladi, yuzlashtirishlar esa faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida maxsus tartibda o‘tkaziladi.

🔴Mehnat munosabatlaridagi cheklovlar: Ta’lim va tarbiya muassasalarida bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasi darhol bekor qilinadi va ularning kelgusida bolalar bilan ishlashi qat’iyan taqiqlanadi.

🔴Maxfiylik va xavfsizlik: Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslarning so‘roviga ko‘ra yashash manziliga elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilib, qayta zo‘ravonlikning oldi olinadi.

🔴Harakatsizlik uchun javobgarlik: Bolani parvarish qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki komissiya qarorlariga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

🔴Insonparvarlik va muqobil choralar: Voyaga yetmaganlarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tarzidagi majburlov chorasi tugatilib, uning o‘rniga ta’lim-tarbiya va ijtimoiy xizmat tashkilotiga berish kabi muqobil choralar kiritiladi.

🔴Boshqa qo‘shimchalar: 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-hayosiz harakatlarni sodir etganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.


Qonun senatorlar tomonidan maʼqullanib, imzolash uchun prezidentga yuborildi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👏 9
  • 🔥 4
  • ⚡ 3
  • ❤ 1
Post #6757 1.47K
⚡️⚡️O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.

🔴milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi;

🔴har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchilarga 30 mln so‘mdan mukofot beriladi;

🔴har yili 1 000 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;

🔴kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga OTM kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👍 1
Post #6756 657
⚡️Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti taʼsis etiladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

“Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomi bilan atasak”, — dedi prezident.


Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👍 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 🎉 1
  • 👌 1
Post #6754 695
#bepul_obuna

🔴“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 30-sentabrdagi 27-sonini taqdim etamiz:

✔️ Samarqand: Dunyo mot qilindi

✔️ Yoshlarning boʻsh vaqti — yetakchining ish vaqti

✔️ Mehnat kodeksi raqamli iqtisodiyotga tayyormi?

✔️ Atigi 0,5 ball va 2 mln soʻm: Tez yordamga yoʻl bermaslik shunchalik arzonmi?

✔️ Talaba maoshi 50 foiz qoplanishi mumkin

✔️Bolaga tajovuz: Dunyo bunday jinoyatni qanday jazolaydi?


🔖 Yuklab olish

✏️ Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👏 4
  • 🔥 3
  • ❤ 2
  • 🤩 1
  • 🏆 1
Post #6753 709
⚡️Bugun hamma xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram. Demak, bugun xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.

🔴Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • ❤ 2
  • 👏 2
  • 👎 1
  • 👌 1
Post #6752 717
⚡️“Mashina ham kerak, lekin kelajak kelinlar uchun uy kerak!” — Prezidentimizdan samimiy hazil

Davlat rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari — terma jamoamiz a’zolariga uy-joy, zamonaviy avtomobil va pul mukofotlari topshirildi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👏 2
  • 👌 2
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
  • 🏆 1
Post #6751 581
⚡️Olmaliqda 11-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonidan 9 ball oldi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Saidaʼzamxon Akromxonov IELTS imtihonidan 9 ball oldi. Bu haqda shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi xabar berdi.

U shahardagi 5-maktabning 11-sinf o‘quvchisi hisoblanadi.
O‘quvchi ingliz tili bo‘yicha xalqaro imtihonda eng yuqori — 9 ballik natijani qo‘lga kiritgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev 2020–2025-yillarda O‘zbekistonda IELTS’dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetgani haqida yozgandi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • ❤ 4
  • 👀 1
Post #6750 498
Yoshlar ovozi 🔴Bolalarga jinsiy tajovuz uchun dunyo davlotlari qanday jazo beradi? Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik dunyoning ko‘plab davlatlarida eng og‘ir jinoyatlardan biri hisoblanadi. Ayrim davlatlarda jinoyatchi uzoq muddatga yoki umrbod qamaladi.…
💉 Kimyoviy kastratsiya

Kimyoviy kastratsiyada jinsiy maylni pasaytiruvchi preparatlar qo‘llanadi. Ular testosteron ta’sirini susaytirib, jinsiy maylni kamaytirishga qaratilgan.

🇺🇸 Masalan, Kaliforniyada 13 yoshga to‘lmagan bola bilan jinsiy aloqa uchun ikkinchi marta sudlangan shaxsga, qamoqdan chiqqanidan keyin majburiy kimyoviy kastratsiya qo‘llanishi mumkin.

🇺🇸 Texasda esa ixtiyoriy jarrohlik kastratsiyasi amaliyoti mavjud.

🇬🇧 Buyuk Britaniyada kimyoviy kastratsiya shaxsning roziligi bilan, qamoqdan ozod qilinganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.

Bunday amaliyot turli shakllarda Kanada, Argentina, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Turkiya, Isroil va Yevropaning ayrim davlatlarida ham mavjud.


📍 GPS orqali kuzatuv

Ayrim mamlakatlarda jazo muddatini o‘tab chiqqan jinsiy jinoyatchilar elektron braslet orqali kuzatiladi. GPS-treker shaxsning qayerdaligini nazorat organlariga uzatib turadi. Masalan, unga maktab yoki bolalar maydonchasiga yaqinlashish taqiqlangan bo‘lsa va u taqiqlangan hududga kirsa, tizim nazorat organlariga signal yuborishi mumkin.

AQSHning ayrim shtatlarida bolalarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan ayrim shaxslardan elektron brasletni umrbod taqib yurish talab qilinishi mumkin.

📋 Maxsus reyestr

AQSH, Polsha, Ukraina va boshqa ayrim davlatlarda bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarning maxsus reyestrlari mavjud.

🇵🇱 Polshada ayrim bunday shaxslarning ismi, fotosurati, tug‘ilgan sanasi va yashash joyiga oid ma’lumotlarni Adliya vazirligi tizimi orqali ko‘rish mumkin.

🇺🇦 Ukrainada reyestr maktab, bog‘cha, bolalar lageri va boshqa bolalar muassasalariga ishga kirayotgan shaxsning ilgari shunday jinoyat uchun sudlangan-sudlanmaganini tekshirish imkonini beradi.

🇺🇸 AQSHda esa jinsiy jinoyatchilar haqidagi ayrim ma’lumotlar internet orqali jamoatchilikka ham ochiq bo‘lishi mumkin.


Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👏 2
  • 👌 2
  • 👀 2
  • ⚡ 1
  • 💯 1
Post #6749 412
🔴Bolalarga jinsiy tajovuz uchun dunyo davlotlari qanday jazo beradi?

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik dunyoning ko‘plab davlatlarida eng og‘ir jinoyatlardan biri hisoblanadi.

Ayrim davlatlarda jinoyatchi uzoq muddatga yoki umrbod qamaladi. Ayrim mamlakatlarda og‘irlashtiruvchi holatlarda o‘lim jazosi ham qo‘llanishi mumkin. Qamoqdan chiqqanidan keyin esa maxsus reyestr, GPS nazorati, kasbiy cheklovlar va ayrim joylarda kimyoviy kastratsiya kabi qo‘shimcha choralar mavjud.

🇺🇿 Oʻzbekiston.14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

🇮🇳 Hindiston. 12 yoshga to‘lmagan bolani zo‘rlash, guruh bo‘lib jinsiy tajovuz qilish o‘lim jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

🇨🇳 Xitoy. 14 yoshga to‘lmagan bolalarga tajovuz o‘ta og‘ir shaklda sodir etilsa, jabrlanuvchi og‘ir jarohat olsa yoki vafot etsa, ayrim holatlarda jinoyatchiga o‘lim jazosi berilishi mumkin. Jazo jinoyatning oqibati va og‘irlashtiruvchi holatlarga qarab keskinlashadi.

🇵🇰 Pokiston. Bolani zo‘rlashning og‘ir shakllari uchun umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi nazarda tutilgan.

🇹🇯 Tojikiston. 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxs 12 yildan 25 yilgacha qamalishi; umrbod ozodlikdan mahrum qilinishi yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bundan tashqari, unga muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum qilish jazosi ham qo‘llanishi mumkin.

🇰🇿 Qozogʻiston. 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi yoki umrbod qamoqqa hukm qilinishi mumkin.

🇩🇪 Germaniya. Bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun 6 oydan 10 yilgacha qamoq jazosi belgilangan. Ammo oqibat juda og‘ir bo‘lsa, jazo ham keskinlashadi. Agar voyaga yetmagan shaxsni zo‘rlash uning o‘limiga sabab bo‘lsa, eng og‘ir jazo — umrbod ozodlikdan mahrum qilish qo‘llanishi mumkin.

🇷🇺 Rossiya. Voyaga yetmagan shaxsni zo‘rlash uchun ayrim holatlarda 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda muayyan lavozimlarni egallash; muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan 20 yilgacha mahrum qilish; 2 yilgacha ozodlikni cheklash kabi choralar ham tayinlanishi mumkin.

🇺🇦 Ukraina. Voyaga yetmaganlarga qarshi ayrim jinsiy jinoyatlar uchun qamoq jazosi 7 yildan 15 yilgacha kuchaytirilgan. Bundan tashqari, bunday jinoyat sodir etgan shaxslar ustidan jazo muddatidan keyin ham nazorat o‘rnatilishi mumkin. Sudlangan shaxs boshqa joyga ko‘chib o‘tsa, jazoni o‘tab chiqqanidan keyin ham uch yil davomida politsiyaga xabar berishi kerak. Shuningdek, voyaga yetmaganlarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun sudlanganlarning yagona reyestri mavjud.

🇬🇧 Buyuk Britaniya. Angliya va Uels qonunchiligida 13 yoshga to‘lmagan bolani zo‘rlaganlik uchun sud umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo tayinlashi mumkin. 16 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy tajovuzlar uchun ham maksimal jazo sifatida umrbod qamoq nazarda tutilgan.

🇫🇷 Fransiya. 15 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganni zo‘rlaganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

🇺🇸 AQSh. AQShda jazo jinoyat turi va shtat qonunchiligiga qarab farq qiladi.Qamoqdan chiqqan jinsiy jinoyatchiga nisbatan ham nazorat davom etishi mumkin.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 💯 1
  • 🏆 1
Older posts →

About this channel

How can I read @yoshlarovozi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Yoshlar ovozi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Yoshlar ovozi have?
Yoshlar ovozi (@yoshlarovozi) has 2.85K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Yoshlar ovozi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →