TGViewer
Yoshlar.edu.uz Yoshlar.edu.uz @yoshlareduuz · 125K subscribers
Post #24559 10.4K
📕 “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tanlovning final bosqichiga saralash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning oliy ta’lim tashkiloti bosqichida g‘olib bo‘lgan xorijlik talabalarning insho va videolavhalari Hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, 15 nafar ishtirokchiga final bosqich yo‘llanmasi taqdim etildi.

📌 Final bosqichi ishtirokchilari:
↪️Haruki Ikeda (Yaponiya) – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi;
↪️Abdelaziz Khelifi (Tunis) – Andijon davlat texnika instituti talabasi;
↪️Qadeer Ahmed (Pokiston) – Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi;
↪️Туаn Mariya Aleksandrovna (Janubiy Koreya) – Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti talabasi;
↪️Mazin Moideentkuthy (Hindiston) – Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi;
↪️Shaina Shaikh (Hindiston) – Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti talabasi;
↪️Nadimini Himagiri (Hindiston) – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi;
↪️Rogovsteva Darya (Rossiya) – I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali talabasi;
↪️Ahmed MD Shafayet (Bangladesh) – Namangan davlat texnika universiteti talabasi;
↪️Ahmed Mabroor (Pokiston) – Samarqand davlat universiteti talabasi;
↪️Yu Qianhao (Xitoy) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
↪️Han Yuqing (Xitoy) – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi;
↪️Nozomi Matsushita (Yaponiya) – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;
↪️Al Xebi Sair Abdulla Maxmud Ali (Suriya) – Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi;
↪️Хаn Akbar Ahmad (Hindiston) – Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti talabasi.


Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlovda faqatgina ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan, ammo o‘zbek tilini qalbdan sevuvchi xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovning final bosqichi 15-16-oktabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladi. G‘oliblar esa diplom va 1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari, 2-o‘rin 30 barobari hamda 3-o‘rin 20 barobari miqdorida pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Saralash jarayonida ishtirokchilarning ijodiy ishlari soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va adabiyotshunos olimlardan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
↪️Yuldoshev Ibrohim Jo‘rayevich – O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori;
↪️Aytbayev Dilshodxo‘ja Temirbayevich – O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori;
↪️Tojiyev Alimurod Aliakbarovich – Jahon adabiyoti jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori;
↪️Hakimov Munisjon Murodovich – O‘zbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori o‘rinbosari;
↪️Axmedova Nargiza Shixnazarovna – Oriental universiteti dotsenti.


Shuningdek, Hakamlar hay’ati a’zolari “Til bilimdonlari” tanlovining Toshkent shahar hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etib, g‘oliblarga diplomlarni topshirdilar.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
  • ❤ 18
  • 👍 4
  • 🔥 3
More from @yoshlareduuz
  1. Oct 14, 2026#kun_hikmati 🎤 Hayotning ma’nosi – o‘z hayotingga ma’no berishdir. 🪶 Viktor Frankl Bizni…
  2. Oct 14, 2026⏳⏳⏳⏳ Bugun 14-oktabr, haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bi…
  3. Oct 13, 2026🔹🔹🔹🔹 📌 Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan ta…
  4. Oct 13, 2026#QatagʻonQurbonlari #Manaviyjasorat #XotiraVaEhtirom ➡️Ilm va tafakkur – jadidlarning orzu…
  5. Oct 13, 2026Post #24646
  6. Oct 13, 2026#Munozara_intellektual_turniri 🎓 “Munozara” – hududiy bosqichlarda talabalar bilim va taf…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →