TGViewer
Yoshlar.edu.uz Yoshlar.edu.uz @yoshlareduuz · 122K subscribers
Post #23520 181K
#Eʼlon #Tanlov

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

📋 Tanlov nizomi

↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.
📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
  • ❤ 17
  • 👍 2
More from @yoshlareduuz
  1. Oct 18, 2026#kun_hikmati 🎤 Har bir qiyinchilik o‘zida yangi imkoniyat urug‘ini olib yuradi. 🪶 Albert…
  2. Oct 18, 2026⏳⏳⏳⏳ Bugun 18-oktabr, haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bil…
  3. Oct 17, 2026#Dayjest #Milliy_qadriyatlar #Milliy_libos Talabalar milliy urf-odat va qadriyatlarni targ…
  4. Oct 17, 2026Post #24724
  5. Oct 17, 2026#kun_hikmati 🎤 Aql bilan qilingan ishda pushaymonlik kam bo‘ladi. 🪶 Alisher Navoiy Bizni…
  6. Oct 17, 2026⏳⏳⏳⏳ Bugun 17-oktabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →