“Ko‘mak” olis hududlarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda
Bugun olis tumanlardagi yoshlar ham o‘z hududida xorijiy tillarni o‘rganish imkoniga ega.
“Ko‘mak” loyihasi doirasida 600 ta o‘quv markaziga ssuda ajratildi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 77 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada 30 mingdan ortiq yosh xorijiy tillarni o‘rganmoqda va 2 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi.
Loyiha qamrovi qanday?
Bugungi kunda “Ko‘mak” 158 ta tumanni qamrab olgan. Bu mamlakatimiz tumanlarining qariyb 90 foizida yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlari yaratilayotganini anglatadi.
Qaysi hududlarda o‘quv markazlari ko‘proq ochilgan?
• Surxondaryo viloyati — 99 ta;
• Buxoro viloyati — 82 ta;
• Qashqadaryo viloyati — 58 ta;
• Samarqand viloyati — 52 ta;
• Farg‘ona viloyati — 50 ta.
Hududlardagi bu tashabbuslar ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, mahalliy tadbirkorlikni ham rivojlantirmoqda.
Biz uchun muhim natija — yoshlar qayerda yashashidan qat’i nazar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lishi.
“Ko‘mak” orqali biz shu imkoniyatlarni yanada kengaytiryapmiz.
@alisher_sadullaev
Post #18894
11.7K
