O‘zbekiston – Hindiston. Shaxmat “El-Klassiko”sini o‘tkazib yubormang!
Birozdan so‘ng 6-tur va biz orziqib kutgan O‘zbekiston – Hindiston o‘yini boshlanadi.
Hindiston misolida Olimpiadadagi jamoaviy taktika qanday ishlashini kuzatish juda qiziq. Bir necha oydan keyin Javohir Sindorov bilan jahon toji uchun o‘ynaydigan Gukesh bu yerda Hindistonning 4-taxtasida o‘tiribdi. Avvaliga g‘alati tuyuladi. Jahon chempioni nega to‘rtinchida?
Oddiy turnirda shaxmatchi o‘zi uchun o‘ynaydi. Olimpiadada esa to‘rtta shaxmatchining natijasi qo‘shilib, jamoaning umumiy natijasiga aylanadi. Hindiston Gukeshni 4-taxtaga qo‘yib, nazarimizda, aynan shu taxtada ustunlik qidirmoqda.
Hindiston shu paytgacha Gukesh orqali izlagan ustunlikni bugun Shamsiddin to‘xtatishi kerak.
Vohidovning kuchiga shubha yo‘q, u Olimpiadada 4 partiyadan 3,5 ochko jamg‘argan. Gukeshda ham shunday. Demak, bu taxtada jiddiy jang kutilyapti.
Qolgan taxtalarda ham ko‘ngil to‘q. Nodirbek, Javohir, Yoqubboyev bu Olimpiadada qanday o‘ynayotganini ko‘rib turibmiz. Kechagi Vengriyaga qarshi 4:0 ham shijoat beradi.
Bunday natijadan keyin bugungi katta bahsni hammamiz o‘zgacha ishonch bilan kutyapmiz.
Yigitlar, uddalaysizlar! O‘z o‘yiningizni ko‘rsating. Biz sizlar bilanmiz! Gʻalaba yor boʻlsin!
🔴Jonli efirni Uzchess Youtube kanalida tomosha qiling!
@alisher_sadullaev
Post #18552
4.57K
