TGViewer
Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar ishlari agentligi @yoshlaragentligi · 265K subscribers
Post #18533 11.5K
Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.

Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.

Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
  • ❤ 19
  • 👍 9
  • ⚡ 4
More from @yoshlaragentligi
  1. Sep 21, 202646-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 🇺🇿O'zbekiston vs 🇮🇳Hindiston! 🔴jonli efir 🕊Telegr…
  2. Sep 21, 2026O‘zbekiston – Hindiston. Shaxmat “El-Klassiko”sini o‘tkazib yubormang! Birozdan so‘ng 6-tu…
  3. Sep 21, 2026✅ Yoshlar hayotidagi muhim voqealar dayjesti O‘tgan hafta yoshlarimizning xalqaro yutuqlar…
  4. Sep 20, 202646-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 6-tur! 🔥Olimpiadaning eng uzoq kutilgan va eng muhim m…
  5. Sep 20, 2026Post #18549
  6. Sep 20, 20265-tur yakuni. Vengriya ustidan yirik g‘alaba, AQSH bilan durang! Erkaklar o‘rtasida asosiy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →