🎥 Videoreportaj: Inklyuziv sanoat, bandlik va yangi imkoniyatlar
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan "Inklyuziv sanoat, bandlik va yangi imkoniyatlar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Unda tadbirkorlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda tadbirkorlik tashabbusiga ega fuqarolar ishtirok etdi.
Seminarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, kasbiy salohiyatini namoyon etish va iqtisodiy mustaqilligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, viloyatda 46 ming nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Korxonada 2 750 nafardan ortiq fuqaro mehnat qilayotgani, bir oyda 3 mingdan ziyod avtomatlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilayotgani ta’kidlandi.
📹 Batafsil — videolavhada.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Post #67920
268
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal