#Yangiobod_tumani
🇺🇿 MILLIY KIYIMLAR VA QADRIYATLAR — MILLIY O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI
Yangiobod tumani texnikumida juma kuni “Milliy kiyimlar va qadriyatlar” mavzusida o‘quvchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida milliy kiyimlarimizni e’zozlash, urf-odat va an’analarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning darslarga davomatini yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish, ichki tartib-intizomga rioya qilish hamda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.
Milliy qadriyatlarimizga hurmat — o‘zligimizga hurmatdir!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
Post #67898
322






- 👍 1