TGViewer
Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati @yangiobod_press · 5.18K subscribers
Post #67862 159

Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

ZOMINDA "YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” BARPO ETILMOQDA

Bugungi kunda mamlakatimizda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun zamonaviy va munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zomin tumanidagi Mustaqillik mahallasida ham hududni "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”ga aylantirish maqsadida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Amaliy ishlar doirasida ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash va aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, ko‘chalar bo‘ylab zamonaviy piyodalar yo‘laklari barpo etilib, ularga maxsus qoplama plitalar yotqizilmoqda. Bu esa, ayniqsa, yomg‘irli va qorli kunlarda keksa yoshdagilar hamda bolalarning qulay harakatlanishiga imkon beradi.

Mahallada aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va salomatligini mustahkamlash uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, bolalar uchun zamonaviy o‘yin maydonchalari, yoshlar va mahalla aholisi uchun esa ochiq havodagi sport maydonchalari barpo etilmoqda.

Shuningdek, hududda ekologik tozalikni saqlash, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chalar qiyofasini yanada obod qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari Mustaqillik mahallasining zamonaviy va ko‘rkam qiyofasini shakllantirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda turmush sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
More from @yangiobod_press
  1. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Kengashning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yax…
  2. Oct 16, 2026#Yangiobod_tumani YANGIOBOD TUMANI MARKAZIDA QURILISH-BUNYODKORLIK ISHLARI JADAL DAVOM ETM…
  3. Oct 16, 2026#Yangiobod_tumani OBODONLASHTIRISH VA TA’MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Yangiobod tumani Ob…
  4. Oct 16, 2026⛈ ARNASOY MARATHON 2026 — RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI! Yugurish, tabiat va yangi manzilni…
  5. Oct 16, 2026🎥 Videoreportaj: Baxmal tumanida ta’lim sifati va maktablar infratuzilmasi rivojlanmoqda…
  6. Oct 16, 2026BAXMALDA YASHIL O‘RMONZORLAR VA EKOLOGIK TURIZM IMKONIYATLARI KENGAYMOQDA Baxmal tumani xu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →