Bugungi axborot oqimi sharoitida bolalarni zararli kontentdan himoya qilish faqat taqiqlar bilan cheklanmaydi. Eng samarali yo‘llardan biri — internet platformalarida mavjud xavfsizlik sozlamalaridan to‘g‘ri foydalanishdir. To‘g‘ri sozlangan funksiyalar bolalarning yoshiga mos bo‘lmagan kontentlarga duch kelish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
🤩📷YouTube, Instagram kabi ommabop platformalarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga yordam beradigan maxsus sozlamalar mavjud. Ularni faollashtirish orqali ota-onalar farzandlari uchun yanada ishonchli va nazorat qilinadigan raqamli muhitni yaratishi mumkin. Raqamli xavfsizlik bugungi kunning muhim talabi hisoblanadi. Shu sababli ota-onalar va foydalanuvchilar ushbu imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi va ularni amaliyotda qo‘llashi zarur.
💡 Yuqorida mazkur platformalarda xavfsizlik sozlamalarini yoqish bo‘yicha qisqa va tushunarli yo‘riqnomalar keltirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube

