🟢 OAV faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan talabgor yoki uning vakili elektron raqamli imzosidan foydalangan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun "Litsenziya" axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza yuboradi.
🧾Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
🫥 ta’sischi tashkilot haqidagi ma’lumotlar;
🫥 OAVning nomi, tili va turi;
🫥 maqsad va vazifalari;
🫥 ixtisoslashuvi;
🫥 tarqatilish hududi va shakli;
🫥 davriyligi;
🫥 moliyalashtirish manbalari;
🫥 tahririyat haqidagi ma’lumotlar;
🫥 hajmi.
📎 Arizaga "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 11-moddasi talablari asosida ishlab chiqilgan tahririyat nizomi ilova qilinadi.
⌛ Taqdim etilgan hujjatlar Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan 8 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Talablar bajarilgan taqdirda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi.
⏩ Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-371-son qaroriga muvofiq, OAVlarni ro‘yxatga olish hamda noshirlik va matbaa faoliyati boshlangani yoki tugatilgani haqida xabardor qilish vakolatlari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga yuklatilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
