TGViewer
Channel Public Channel
Yangi Marketing

Yangi Marketing

@yangimark

Biznes, marketing, start-up va O'zbekiston kelajagi haqidagi sahifa.
Subscribers
401
Photos
101
Videos
13
Links
28

Showing posts older than #136 · Back to latest

Older Posts 6 shown
Post #134 314
🥳 7 aprel kuni Osnova onlayn maktabi o‘zining 1 yoshini nishonlaydi!

Shu munosabat bilan 7-9 aprel kunlari barcha onlayn kurslar — atigi 9900 so‘m!

Kursni sotib olishda chegirma olish uchun OSNOVA1 promokodini kiritishingiz lozim.

Platformada sun’iy intellekt, Excel, marketing, SMM, Figma dizayni, Tilda’da sayt yaratish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar mavjud.

⏳ Imkoniyatni boy bermang! Ro‘yxatdan o‘ting va kerakli ko‘nikmalarni super narxda egallang!

👉🏻 Ro’yxatdan o’tish!
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #131 496
Titanlar jangi boshlansin!

Yandex Marketning (rasman Market Yandex Go) bozorga kirishi — muhim voqea. Buning sababi shundaki, Yandex o‘z marketpleysini Wildberries, Ozon yoki Temu kabi emas, butunlay boshqacha yo‘l bilan olib kirmoqda.

Yuqoridagilardan farqli o‘laroq, Yandex aynan shu yerda faoliyat yuritadi. Xuddi Uzum kabi. O‘zbekiston mahsulotlari, bir kunlik yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha afzalliklar bilan.

Qiziq jihati shundaki, marketpleyslar sohasida Yandex "g‘alaba qozonadi" (va Taksida bo‘lgani kabi shubhasiz yetakchiga aylanadi) deb aniq aytish qiyin. To‘g‘ri, Yandex katta tajriba, kuchli jamoa va resurslarga ega, ammo bu safar bozorda munosib raqobatchi bor — Uzum Market. Uning ham o‘z ekotizimi, kuchli jamoasi va mablag‘lari mavjud.

Shunday qilib, bizni ikki titanning munosib bellashuvi kutmoqda. Imkoniyatlar teng bo‘lgani bois, jang natijasi ikki kompaniyaning yuqori boshqaruv qarorlariga bog‘liq. Jangdan esa barcha — iqtisodiyot, iste’molchilar, biznes va hatto marketpleyslarning o‘zi ham naf ko‘radi. Nima bo‘lganda ham, raqobat taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir.

🥷 @yangimark
  • 👍 2
  • 👏 1
  • 💩 1
Post #130 468

Forwarded from Bahodir | Telegram Ads

Kopirayterga strategiya, biznes, marketing yo‘nalishida bilimlar nimaga kerak?

O‘zingni ishingni bilib, ko‘zingni qisib yursang bo‘ladi-ku, har xil sohalarga tiqilmasdan. Bo‘ladi, lekin bunda sen o‘ylab topgan zo‘r, kuchli g‘oyalar ko‘pincha shunchaki g‘oya bo‘lib qolaveradi.

Amalga oshirilmagan kreativni narxi bir tiyin. Uni amalga oshirish uchun esa kopirayter g‘oyani sota olishi kerak. Kimga?

Tadbirkorga, marketing direktoriga, strategga, TOP-menejerlarga.

Biznesni “B” harfiniyam bilmagan kopirayter 1) kuchli va ishlaydigan g‘oya topa olmaydi 2) mo‘jizaviy taqdir taqozosi bilan topsa ham uni brendga sotib kela olmaydi.

Shunaqa endi bolla, uzr, kopirayting “prosto” matn yozish va rolik olish deb yurganlarga repost qivorasila)
  • 🔥 5
Post #122 616

Forwarded from Osnova

💥 Midjourney bilan dunyoni boshqa ko‘z bilan ko‘ring!

Bugungi kunda AI vositalarini tushunish va ulardan samarali foydalanish — bu faqat raqobatda oldinda bo‘lish emas, balki yangi ijodiy imkoniyatlarga ega bo‘lish demakdir. Midjourney kursi sizga ijod erkinligini, sifatli vizuallarni va brendingiz uchun innovatsion yondashuvlarni taqdim etadi.🔝

📌 Kursda o‘rganasiz:
• G‘oyalaringizni tasvirlarga aylantirishni.
• Sun’iy intellekt yordamida noyob uslub yaratishni.
• Grafika va hikoyalar uyg‘unligini mustahkamlashni.
• Brend vizuallarini yangi darajaga olib chiqishni.

Kurs starti: 3-fevral
Sun’iy intellekt bilan ishlashni o‘rganib, yangi bosqichga o‘ting. Kursga bugun yoziling va ertangi kuningizni o‘zgartiring!🖥
  • 🔥 1
Post #115 849

Forwarded from Osnova

⚡️Navbatdagi yangi kursga start beramiz: AI bilan kreativlik chegarasini cheksizlik darajasiga olib chiqing!

🧠 Tasavvuringizda ajoyib g’oyalar bormi? Endi ularni haqiqatga aylantirish vaqti keldi! Bizning yangi Midjourney kursimiz sun’iy intellekt yordamida kreativlikni yangi bosqichga olib chiqishingizga yordam beradi. Kurs davomida siz AI bilan ishlashning asosiy qadamlarini o’rganasiz, realistik va ko’zga ko’rinarli kontent yaratish sirlarini ochasiz. O‘zingizning o‘zgacha uslubingizni yaratishga imkon beradi va har qanday g‘oyani vizual shaklda ifodalashni o‘rganasiz.

⭐️Kreativlikning yangi dunyosiga qadam qo‘ying! Hoziroq shu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va AI bilan ishlashni o‘rganing!
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 🤯 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →