TGViewer
Channel Public Channel
Yangi Marketing

Yangi Marketing

@yangimark

Biznes, marketing, start-up va O'zbekiston kelajagi haqidagi sahifa.
Subscribers
400
Photos
101
Videos
13
Links
28

Showing posts older than #115 · Back to latest

Older Posts 8 shown
Post #107 691

Forwarded from АйPulatov

Kotib Ai loyihasida jamoa bilan hozirda ishlab chiqayotgan yana bir funksiya - o‘zbekcha TTS modulidir. Yaqin kelajakda jurnalistlar nafaqat audio yoki videolarni transkriptsiya qilish, balki ularni o‘zbek tilida ovozlantirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Modelni takomillashtiryapmiz. 😊

___

Еще одна функция, над которой мы сейчас работаем с командой в проекте Kotib Ai, — это узбекский TTS-модуль. Журналисты в скором времени смогут не только транскрибировать аудио или видео, но и озвучивать их на узбекском языке.

Улучшаем модель. 😊

@pulatov_kh
  • 👍 5
Post #102 506

Forwarded from Mirzodan maktub

Kecha va bugun (ertaga ham uchishsa kerak) Olmaotaga “yoʻlbars ovlashga” o‘zbek reklamachilar desanti qo‘nishi boshlandi 🇺🇿🇰🇿

🐾 21 – 22-sentyabr kunlari o‘tadigan Red Jolbors-2024 tanlovida qatnashish / mahorat darslarini tinglash / mukofotlash jarayoniga guvoh bo‘lish uchun yuzdan ortiq (adashmasam) o‘zbekistonliklar yetib borishgan, yo‘lga otlanishyapti.

🐯 O‘zbekiston marketingchilaridan Red Jolbors yutish uchun da’vogar ishlarni quyidagi ro‘yxatda ko‘rishingiz mumkin:

✦ Unhidden Nation | Stargazer agentligi - Mijoz: TBC Bank O‘zbekiston

✦ The New Tradition is the Best Tradition | Mijoz: Golden Minds

✦ Sedative Ads | We Digital agentligi - Mijoz: NRG O‘zbekiston

✦ Challenging Bazaar Beliefs | Korzinka

✦ Turn to Safety | Synthesis agentligi - Mijoz: Gross Insurance

✦ See Beyond | We Digital agentligi - Mijoz: AVO bank

✦ Best Baby Formula | 605 Agency agentligi - Mijoz: “Delivery Unit” O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

✦ Mothersucker | 605 Agency agentligi - Mijoz: “Delivery Unit” O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

✦ Mosaicvertising | Lokals Central Asia - Mijoz: Payme

✦ THE UNSPOKEN - FCB Artgroup Tashkent - Mijoz: Novey

✦ HUNGER FED HUNGER | Bellissimo Pizza International

✦ Hugs for Launch | maslov:tashkent - Mijoz: AliExpress

✦ One Step Closer to Community | maslov:tashkent - Mijoz: Korzinka (Mahalla)

✦ ANYWHERE DELIVERY | Bellissimo Pizza International

✦ MILKING THE WAIT | FCB Artgroup Tashkent - Mijoz: Pure Milky

Jami 15 ta ish, ulardan ba’zilari 2-3 yo‘nalishda ham omadini sinab ko‘radi. O‘tgan yil Red Jolbors’da Synthesis yili bo‘lgandi. Menimcha, bu yil agentliklar emas, davlatlar bo‘yicha O‘zbekiston yili bo‘lsa kerak.

Red Jolbors'ga bormadim, men uchun favoritlarga kelsak, adblacksea tanlovida shovqin ko‘tarib qaytgan Mosaicvertising yaqqol ajralib turibdi. Duv-duvmetrga ko‘ra esa “Onasini emsin” (Mothersucker). Yakshanba kechga aniq bo‘ladi, ko‘ramiz, kuzatamiz.

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #92 498

Forwarded from Osnova

🪄 Mana sizlar uchun eng ilhomlantiruvchi SMM keyslarni jamladik. Bu misollar orqali brendlarni rivojlantirishda kreativ yondashuvlar ularni yangi darajaga olib chiqganini ko‘rsangiz bo’ladi. Bu keyslar SMMda imkoniyatlar cheksizligini yana bir bor isbotlaydi.

Shunday yorqin va muvaffaqiyatli loyihalarni yaratishni istasangiz sizni SMM kursimizga taklif etamiz. Biz bilan SMM olamining yangi mutaxassisiga aylaning!📲
  • 🔥 1
Post #90 474
🚀 SMM Karyerasiga Qadam Qo‘yishni Hozirdan Boshlang! 🎁 Faqat uch kun 50% Chegirma va Marketing Kursi Sovg‘a!

Siz ham SMM sohasida muvaffaqiyatli karyera qurishni orzu qilasizmi? Bizning kurslarimiz bilan kelajakdagi muvaffaqiyatingiz uchun aniq qadamlar qo‘yishni boshlaysiz!

🔍 Nimaiga Diqqat Qaratamiz?

🔹 Praktik Trening
Biz faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmaymiz - har bir mavzu amaliy mashqlar va real ishlarni chiqarish misollari bilan boyitiladi.

🔹 O‘zbekiston Bozoriga Moslashtirilgan
O‘zbekiston bozori talablariga mos keladigan kontent va reklamalarning nima ekanligini o‘rganasiz.

🔹 To‘liq Qo‘llab-Quvvatlash
Kursimizdagi har bir o‘quvchiga individual e’tibor va yordam. Sizning savollaringizga javoblar, muammolaringizga yechimlar.

🎯 Nimaga hozir?
Har bir kun muhim -- agar siz SMM sohasida o‘rganishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu kurs aynan siz uchun!

🎁 Faqat uch kun 50% Chegirma va Marketing Kursi Sovg‘a!
+998 95 445 40 44 | @Osnovaedu yoki veb-saytda ariza qoldiring
  • 👍 2
Post #89 726

Forwarded from Osnova

Karyerangizni mustahkamlash yoki yangilash vaqti keldi! 🎓

O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi yordamida 100 dan ortiq yoshlar HR va marketing bo’yicha kurslarimiz bitirib, muvaffaqiyatga erishishmoqda. Osnova sizning yangi cho’qqilarga erishingizda qanday yordam berishini bilmoqchimisiz? Unda imkoniyatni qo’ldan boy bermang — hoziroq harakat qiling!
Post #88 958
O‘zbekistonda yoshlar uchun birinchi karyera platformasi paydo bo‘ldi

Saytda «Karyeraga birinchi qadam» kursiga bepul kirish ochilgan, u kasb tanlash va O'zbekistonda ish topishga yordam beradi.

Bepul kursdan tashqari, platformada karyerani boshlash uchun zarur bo'lgan barcha narsalar jamlangan: kasbiy yo'nalish, dolzarb kasblar bo'yicha kurslar, Uzum, Payme, Korzinka, Beeline va boshqa yetakchi kompaniyalarning mentorlari.

Platformani ko'rish va «Karyeraga birinchi qadam» bepul kursidan o'tish uchun havola: www.osnovaedu.uz
—
🥷 @yangimark
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • 🔥 1
  • 😁 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →