Hurmatli “YANGI BANK” AJ kreditorlari!
“YANGI BANK” AJ tugatish komissiyasi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 64-moddasiga asosan to‘rtinchi navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar davom ettirilayotganini rasman ma’lum qiladi. Hisob-kitoblar “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan kafolatli tovon miqdoridan ortiq bo‘lgan kafolatlash obyektlariga oid talablar bo‘yicha amalga oshiriladi.
To‘lov sanasi: 2026-yil 10-iyul oxirigacha.
Oluvchilar toifasi: to‘rtinchi navbat kreditorlari.
To‘lov miqdori: 2026-yil 1-iyul holatiga ushbu navbatdagi har bir kreditor oldidagi majburiyatlar umumiy summasining 15 foizi.
To‘lov tartibi: to‘lovlar tegishli navbatdagi har bir kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan talablar summasiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Pul mablag‘larini olish tartibi: pul mablag‘lari kreditorlar tomonidan Bankka taqdim etilgan arizalarda (talabnomalarda) avval ko‘rsatilgan bank rekvizitlariga o‘tkazib berildi. Kreditorlarga pul mablag‘lari kelib tushgani va hisobga olinganini tasdiqlash uchun mablag‘lar harakatini, jumladan, tranzit hisobvaraq orqali o‘tganini tekshirish hamda ularni shaxsiy hisobraqamiga o‘tkazish masalasida o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilish tavsiya etiladi.
Bank rekvizitlari mavjud bo‘lmaganda, o‘zgarganda yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilganda amalga oshiriladigan harakatlar:
Agar ariza (talabnoma) topshirilgan paytdan boshlab kreditorning bank rekvizitlari (hisobraqami, bankning MFO raqami, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi) o‘zgargan yoki ilgari noto‘g‘ri rekvizitlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, u qisqa muddat ichida “YANGI BANK” AJning Tugatish komissiyasiga joriy (to‘g‘ri) bank rekvizitlarini ko‘rsatgan holda rasmiy arizani shaxsan taqdim etishi shart.
Arizalarni qabul qilish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 99-uy.
Ish tartibi: har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi — 13:00 dan 14:00 gacha).
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba, shuningdek, ishlanmaydigan bayram kunlari.
To‘lovlarning keyingi bosqichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy aloqa kanallari orqali kreditorlar e’tiboriga o‘z vaqtida yetkazib boriladi.
Shu bilan birga, “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, bankni majburiy tugatish doirasida “YANGI BANK” AJning O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 99-uy manzilida joylashgan ko‘chmas mulki (kadastr raqami: 10:07:42:01:01:0031/0002) “E-AUKSION” elektron savdo platformasi (https://e-auksion.uz) orqali sotuvga qo‘yilganligini (lot raqami: 24052784) ma’lum qilamiz.
Tugatish komissiyasi tugatish jarayonining barcha bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan, “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, belgilangan tartibda va qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi.
Hurmat bilan
“YANGI BANK” AJ
tugatish komissiyasi
Post #1152
6.7K

- ❤ 20