📢 AJ «YANGI BANK» KREDITORLARIGA TUGATISH KOMISSIYASINING MUROJAATI
Hurmatli AJ «YANGI BANK» kreditorlari!
AJ «YANGI BANK» tugatish komissiyasi (bundan buyon - Tugatish komissiyasi) ushbu murojaat orqali sizlarni kreditorlar bilan hisob-kitoblarning joriy holati, ularni moliyalashtirish manbalari, shuningdek Bankni majburiy tugatish jarayonida sizlarning talablaringizni toʻliq qondirish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida xabardor qiladi.
━━━━━━━━━━━━━━━
1️⃣ TOʻRTINCHI NAVBATDAGI KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLARNING DAVOM ETISHI HAQIDA
Tugatish komissiyasi toʻrtinchi navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarning davom etishini rasman eʼlon qiladi - aynan, Oʻzbekiston Respublikasining «Banklarda omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunida belgilangan kafolatlangan qoplama miqdoridan oshib ketgan gаrantiya obyektlariga oid talablar boʻyicha. Toʻlov Oʻzbekiston Respublikasining «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida»gi Qonunining 64-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Toʻlov sanasi: 2026-yil 15-sentabrgacha (shu kunni ham qamrab olgan holda)
👥 Oluvchilar toifasi: toʻrtinchi navbatdagi kreditorlar
Toʻlov miqdori: 2026-yil 01-sentabr holatiga koʻra ushbu navbatdagi har bir kreditor oldidagi majburiyatlarning umumiy summasidan 15%
⚖️ Toʻlov tartibi: tegishli navbatdagi har bir kreditorga toʻgʻri keladigan talab summasiga mutanosib ravishda
💳 Mablagʻlarni qanday olish mumkin. Pul mablagʻlari Tugatish komissiyasiga taqdim etilgan arizalarda (talablarda) ilgari koʻrsatilgan bank rekvizitlariga oʻtkazib boʻlingan. Mablagʻlarning harakatini, jumladan tranzit hisobvaraq orqali oʻtganini va shaxsiy hisobingizga oʻtkazilganini tekshirish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankingizga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
⚠️ Rekvizitlaringiz oʻzgargan boʻlsa. Agar ariza berilgan paytdan buyon hisobvaraq raqami, bank MFOsi yoki xizmat koʻrsatuvchi bank nomi oʻzgargan boʻlsa, yoki ilgari notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa - AJ «Yangi bank» Tugatish komissiyasiga aniq (toʻgʻri) bank rekvizitlari koʻrsatilgan rasmiy arizani shaxsan, iloji boricha qisqa muddatda taqdim etish zarur. Aks holda mablagʻlarni oʻtkazib boʻlmaydi.
━━━━━━━━━━━━━━━
2️⃣ KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLAR JARAYONI HAQIDA
Kreditorlarga toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida»gi Qonuni normalariga qatʼiy muvofiq, belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. Komissiya pul mablagʻlari tushishi bilan qonunda belgilangan navbatlar boʻyicha kreditorlar oldidagi majburiyatlarni izchil ravishda qoplab bormoqda.
📊 2026-yil may oyidan sentabr oyigacha boʻlgan davrda Bankning kreditorlar oldidagi qoplangan majburiyatlari summasi umumiy majburiyatlar summasining 68% ni tashkil etadi, jumladan:
✅ 3-navbat - talablar toʻliq hajmda (100%) qondirilgan
🟠 4-navbat - sentabr oyidagi toʻlovni hisobga olgan holda ushbu navbat majburiyatlari summasining 56% qoplanadi
⬜️ 5- va 6-navbatlar - talablar hozircha qondirilmagan
Toʻlovlar manbai. Kreditorlar oldidagi joriy majburiyatlarni qoplashning asosiy manbai Bank tomonidan ilgari berilgan kreditlarning qaytarilishidan, yaʼni kredit portfelining qoplanishidan tushayotgan pul mablagʻlaridir.
━━━━━━━━━━━━━━━
3️⃣ 4-6-NAVBAT KREDITORLARI BILAN HISOB-KITOBLARNI TAʼMINLASH BOʻYICHA CHORA-TADBIRLAR HAQIDA
Toʻrtinchi-oltinchi navbatdagi kreditorlarga pul mablagʻlarining qaytarilishini kafolatlangan tarzda taʼminlash maqsadida Tugatish komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining roziligi bilan (yirik bitimni kelishish tartibida), Bankning boshqa aktivlarini, jumladan binolar, uskunalar va texnikani sotuvga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Ushbu ish doirasida Tugatish komissiyasi tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:
▪️ sotuv obyektlari boʻyicha marketing materiallarini tayyorlash
▪️ potentsial xaridorlarga tijorat takliflarini yuborish
▪️ manfaatdor tomonlar bilan muzokaralar olib borish
▪️ obyektlarni koʻrsatish uchun uchrashuvlar tashkil etish
Post #1156
2.44K
- ❤ 7
- 👍 2