TGViewer
Yangi bank Yangi bank @yangibank_official · 5.31K subscribers
Post #1148 6.96K
Hurmatli "YANGI BANK" AJ kreditorlari!

"YANGI BANK" AJ tugatish komissiyasi "Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 64-moddasiga muvofiq, "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan kafolatlangan qoplash miqdoridan ortiq bo‘lgan kafolatlash obyektlari qismidagi talablar bo‘yicha to‘rtinchi navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlanganligini rasman ma’lum qiladi.

To‘lov sanasi: 2026-yil 10-iyun.
Oluvchilar toifasi: to‘rtinchi navbatdagi kreditorlar.
To‘lov miqdori: ushbu navbatdagi har bir kreditor oldidagi majburiyatlar umumiy summasining 30 foizi.
To‘lov tartibi: to‘lovlar tegishli navbatdagi har bir kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan talablar summasiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Pul mablag‘larini olish tartibi: pul mablag‘lari kreditorlar tomonidan Bankka taqdim etilgan arizalarda (talabnomalarda) avval ko‘rsatilgan bank rekvizitlariga o‘tkazilgan. Kreditorlarga pul mablag‘larining kelib tushganini va hisobga olinganini tasdiqlash uchun mablag‘lar harakatini, shu jumladan tranzit hisobvarag‘i bo‘yicha harakatni tekshirish hamda ularning keyinchalik shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazilishini aniqlashtirish maqsadida o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilish tavsiya etiladi.

Bank rekvizitlari mavjud bo‘lmagan, o‘zgargan yoki noto‘g‘ri bo‘lgan holda bajariladigan harakatlar:

Agar ariza (talabnoma) topshirilgan vaqtdan boshlab kreditorning bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami, bank MFOsi, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi) o‘zgargan bo‘lsa yoki ilgari noto‘g‘ri rekvizitlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda eng qisqa muddatlarda “YANGI BANK” AJ Tugatish komissiyasiga amaldagi (to‘g‘ri) bank rekvizitlari ko‘rsatilgan rasmiy arizani shaxsan taqdim etish shart.

Arizalarni qabul qilish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 99-uy.
Ish tartibi: har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi — 13:00 dan 14:00 gacha).
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba va qonunchilikda belgilangan bayram kunlari.

To‘lovlarning keyingi bosqichlari haqidagi ma’lumotlar rasmiy aloqa kanallari orqali kreditorlar e’tiboriga o‘z vaqtida yetkaziladi.

Qo‘shimcha ravishda shuni ma’lum qilamizki, Tugatish komissiyasi tomonidan Bank aktivlarini, shu jumladan ma’muriy bino va asosiy vositalarni baholash yakunlandi. Hozirda E-AUKSION (https://e-auksion.uz) elektron savdo maydonchasida ushbu mol-mulkni keyinchalik sotish uchun lotlar shakllantirilmoqda.

“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq, Tugatish komissiyasi kreditorlar talablarini qanoatlantirirshga va mol-mulkni sotishga faqat vakolatli organ tomonidan oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan so‘ng kirishishga haqli. Shu tariqa, 2026-yil 2-iyun kuni oraliq tugatish balansining tasdiqlanishi tegishli to‘lovlarni hamda mol-mulkni sotish tadbirlarini boshlash uchun zarur huquqiy asos bo‘ldi.

Tugatish komissiyasi tugatish tartib-taomillarining barcha bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan, “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda, belgilangan tartibda va qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi.

Hurmat bilan "YANGI BANK" AJ tugatish komissiyasi.
  • ❤ 15
  • 👍 1
  • 👎 1
More from @yangibank_official
  1. Sep 11, 2026ИНФОРМАЦИОННОЕ СООБЩЕНИЕ ЛИКВИДАЦИОННОЙ КОМИССИИ К КРЕДИТОРАМ АО «ЯНГИ БАНК» Уважаемые кре…
  2. Sep 11, 2026«ЯНГИ БАНК» АЖ ТУГАТИШ КОМИССИЯСИНИНГ КРЕДИТОРЛАРГА АХБОРОТ ХАБАРИ Ҳурматли «ЯНГИ БАНК» АЖ…
  3. Sep 10, 2026✅ Важная информация. По состоянию на 01 сентября 2026 года сумма активов Банка (без учёта…
  4. Sep 10, 2026📢 ОБРАЩЕНИЕ ЛИКВИДАЦИОННОЙ КОМИССИИ К КРЕДИТОРАМ АО «ЯНГИ БАНК» Уважаемые кредиторы АО «Я…
  5. Sep 10, 2026🖥 Bankning butun mol-mulki qonun hujjatlariga muvofiq, ochiq-oshkora tarzda — «E-auksion»…
  6. Sep 10, 2026📢 AJ «YANGI BANK» KREDITORLARIGA TUGATISH KOMISSIYASINING MUROJAATI Hurmatli AJ «YANGI BA…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →