O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi 1/1-sonli qaroriga asosan faoliyat yuritayotgan va O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 99-uy manzilida joylashgan “YANGI BANK” AJ tugatish komissiyasi kreditorlar talablari reyestrini shakllantirish bosqichi yakunlanganini ma’lum qiladi.
TALABLARNI KO‘RIB CHIQISH NATIJALARI BILAN TANISHISH TARTIBI, MUDDATLARI VA JOYI
Har bir kreditor talabni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega.
• Talabni ko‘rib chiqish natijalari bilan tanishish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 99-uy.
• Qabul vaqtlari: har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha, tushlik uchun tanaffus soat 13:00 dan 14:00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba va bayram kunlari.
• Aloqa uchun telefonlar: + 998 78 777 88 87
• Elektron pochta: info@yangi.uz.
• Obyektga kirish tartibi: kreditorlar uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda kirish erkin.
MA’LUMOTLAR OLISH UCHUN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI
Ma’lumotlar qatʼiy ravishda shaxs va vakolatlar tasdiqlanganidan so‘ng taqdim etiladi:
• Jismoniy shaxslar uchun (shu jumladan sobiq xodimlar): Pasport yoki ID-kartaning asli. Vakil kelgan taqdirda — notarial tasdiqlangan ishonchnoma va uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
• Yuridik shaxslar uchun: Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli, shuningdek, tugatish ish yurituvi materiallari bilan tanishish huquqini beruvchi, tashkilot blankasida rasmiylashtirilgan, rahbar tomonidan imzolanib, muhr (mavjud bo‘lsa) qo‘yilgan ishonchnomaning asli. Tashkilot rahbari o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni (buyruq, qaror) va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
KREDITORLAR TALABLARINI QANOATLANTIRISH TARTIBI, NAVBATI VA BOSHLANISHI
Kreditorlar talablari reyestriga kiritilgan kreditorlar talablari “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 64-moddasida belgilangan navbatga qat’iy rioya qilingan holda, pul mablag‘larining, shu jumladan bank aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larning tugatish massasida to‘planishiga qarab qanoatlantiriladi.
• 3-navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar 2026-yil 5-iyundan kechiktirmay yakunlanadi.
• 4-navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar 2026-yil 10-iyundan kechiktirmay boshlanadi.
• 5 va 6-navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar 4-navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlanganidan so‘ng boshlanadi.
• Hisob-kitob shakli: to‘lovlar faqat naqd pulsiz tartibda, pul mablag‘larini kreditorlarning talabnoma-arizalarini taqdim etish chog‘ida ko‘rsatilgan bank rekvizitlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kreditorga uning hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, ushbu kreditorga tegishli mablag‘lar uning nomiga boshqa bankda ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.
Muhim! Kreditorlar talablari reyestri shakllantirilayotgan vaqtda Sizning bank rekvizitlaringiz: hisobvaraq raqami, MFO, bank nomi o‘zgargan taqdirda, kreditorlar hisob-kitoblar boshlanish sanasigacha Tugatish komissiyasi nomiga rekvizitlarni yangilash to‘g‘risida zudlik bilan rasmiy ariza taqdim etishi shart.
Kreditorlarning bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami, MFO, bank nomi) mavjud bo‘lmagan holda, kreditorlar hisob-kitoblar boshlanish sanasigacha Tugatish komissiyasi nomiga rekvizitlarni ko‘rsatgan holda zudlik bilan rasmiy ariza taqdim etishi lozim.
Post #1146
7.03K

- ❤ 11
- 👍 3
- 😁 1