⚠️ BOZORLAR VA SAVDO KOMPLEKSLARIDA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari R.Sh. Jumayev raisligida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 393-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash, bozorlar va savdo komplekslaridagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat hokimligi, Kadastr agentligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ hamda “O‘zsuvta’minot” AJ mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida bozorlarda xavfsizlik talablariga rioya etilishi, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish va mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Boshqa yangiliklar👇
Sayt | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Post #29194
361










- 👍 5
- ❤ 1
- 👌 1
- 💯 1