#Ijara_xavfsizligi | #Xavfsizlik_oyligi
🤩 Urganch davlat pedagogika institutida talabalarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Urganch davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Xodjayev, Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xudoyshukurov hamda mas’ul xodimlar hamkorligida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar davomida ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish moslamalari va elektr jihozlarining holati, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, talabalarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, elektr va isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube
Post #29184
430






