TGViewer
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI @xorazm_fvb · 2.45K subscribers
Post #29108 832
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida shaxsiy tarkib ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida Xorazm viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Bobojanov Shavkat Erkinovich tomonidan “Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish — yo‘l harakati ishtirokchilarining majburiyati”, Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchisi Dildora Latipova tomonidan esa “Favqulodda vaziyatlar tasnifi” mavzularida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Suhbatlar davomida xodimlarga yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha zarur bilim va tavsiyalar berildi.

✅ Bunday profilaktik tadbirlar xodimlarning huquqiy bilim va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar👇
Sayt | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 🫡 1
More from @xorazm_fvb
  1. Oct 8, 2026Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari R.Sh.Jumayev boshchiligida Xorazm viloyatida faol…
  2. Oct 8, 2026Talaba-yoshlar xavfsizligi — ustuvor vazifa Bugun Urganch davlat universitetida kuz-qish m…
  3. Oct 8, 2026🔥 BOZORLARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA Vazirlar Mahkamasining 2026-yi…
  4. Oct 8, 2026PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polko…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →