TGViewer
XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI @xorazm_fvb · 2.45K subscribers
Post #29124 453
🔥 BOZORLARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 393-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati bo‘ylab bozorlar va savdo komplekslarida nazorat-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida Urganch markaziy dehqon bozorida elektr taqsimlash qutilarining texnik holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida ayrim elektr taqsimlash qutilarida nosozliklar, elektr qismlarining erishi va yong‘in kelib chiqish xavfini yuzaga keltiruvchi kamchiliklar aniqlandi.

⚠️ Aniqlangan kamchiliklar insonlar hayoti va mol-mulkiga xavf tug‘dirishi mumkinligini inobatga olib, nosoz elektr taqsimlash qutilari elektr manbasidan ajratildi hamda kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar, bozor maʼmuriyatining tashabbusi bilan muhrlandi.

🔴 Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — har birimizning vazifamiz!

Boshqa yangiliklar👇
Sayt | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
  • ❤ 3
  • 🤝 2
More from @xorazm_fvb
  1. Oct 8, 2026Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari R.Sh.Jumayev boshchiligida Xorazm viloyatida faol…
  2. Oct 8, 2026Talaba-yoshlar xavfsizligi — ustuvor vazifa Bugun Urganch davlat universitetida kuz-qish m…
  3. Oct 8, 2026PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polko…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →