TGViewer
Channel Public Channel
Sanʼatshunoslik fakulteti |Rasmiy

Sanʼatshunoslik fakulteti |Rasmiy

@www_artgallery_uz

Guliston davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakultetining rasmiy telegram kanali



Bizning manzilimiz: Guliston shahri Talabalar shaharchasi
Subscribers
149
Photos
158
Videos
3
Links
38
Recent Posts 4 shown
Post #172 76
#GulDU
#Sanʼatshunoslik
#Biz_giyohvandlikka_yoʻq_deymiz

“Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2026-yilning 17-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakultetida “Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda giyohvandlik va narkojinoyatlarning yoshlar hayoti hamda jamiyatga salbiy taʼsiri, ularning oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan asrash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Suhbat davomida talabalarga huquqiy savodxonlikni oshirish, hushyor va ogoh bo‘lish, zararli odatlardan yiroq yurish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Tadbir yoshlarni sog‘lom hayot tarziga amal qilish va kelajakka masʼuliyat bilan qarashga undadi.

https://t.me/www_artgallery_uz
Post #167 115
2026-yil 16-oktyabr kuni Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti talabalari teatrga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, teatr san’ati orqali estetik didini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Teatr tomoshasi davomida talabalar sahna asarining mazmun-mohiyati, aktyorlarning mahorati va teatr san’atining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif talabalarning madaniy saviyasini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda san’atga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qildi.


https://t.me/www_artgallery_uz
  • 🌚 2
Post #160 110
#GulDU
#Sanʼatshunoslik
#Besh_tashabbus

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning stritbol turi boʻyicha fakultet bosqichiga start berildi

2026-yilning 16-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol sport turi bo‘yicha fakultet bosqichiga start berildi. Musobaqalarda talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, tezkorligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etmoqda.
Mazkur sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.


https://t.me/www_artgallery_uz
Post #154 103
2026-yilning 16-oktabr kuni Sanʼatshunoslik fakultetida “Kelajak soati” rukni ostida “Odatlar hayotimizni oʻzgartiradi” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani A.Bobojonov hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Normurodovlar tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Ma’rifat darsida inson hayotida kundalik odatlarning o‘rni, kichik qadamlar orqali katta natijalarga erishish, o‘z ustida muntazam ishlash va qat’iyatning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Shamsiddin Vohidovning g‘alaba formulasi, Nurbek Alimovning 639 kunlik tajribasi hamda Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobidagi hayotiy misollar asosida talabalarga foydali odatlarni shakllantirish va vaqtni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Dars davomida talabalarga muvaffaqiyat tasodifiy emas, balki izchil harakat, intizom va to‘g‘ri odatlar natijasi ekanligi ta’kidlandi.

https://t.me/www_artgallery_uz
Older posts →

About this channel

How can I read @www_artgallery_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sanʼatshunoslik fakulteti |Rasmiy: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sanʼatshunoslik fakulteti |Rasmiy have?
Sanʼatshunoslik fakulteti |Rasmiy (@www_artgallery_uz) has 149 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sanʼatshunoslik fakulteti |Rasmiy know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →