Xotin-qizlarning axborot texnologiyalari sohasidagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “GAP” Ayollar IT klubi hamkorligida tashkil etilayotgan “Yulduz Tech Awards – 2025” tanlovi uchun arizalar qabul qilish boshlandi.
⭐️ “Yulduz Tech Awards – 2025” — axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan, innovatsion g‘oyalari, mehnati va yutuqlari bilan ajralib turgan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan respublika tanlovi.
Tanlovning asosiy maqsadi:
✨ Xotin-qizlarning AT sohasidagi o‘rnini mustahkamlash;
✨ Ularning yangi loyihalar yaratish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
✨ Sohada muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislarni munosib taqdirlash;
✨ Yosh xotin-qizlarda ATga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
✨ mamlakatda xotin-qizlar ishtirokidagi AT ekotizimini rivojlantirish.
Ushbu tanlov xotin-qizlarning salohiyatini keng jamoatchilikka tanitish, ularni rag‘batlantirish va IT sohasida faol ishtirok etuvchi xotin-qizlar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
💬 Ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar 20-yanvarga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z nomzodini taqdim etishi mumkin.
Ariza topshirish: 👉 https://forms.gle/QncrSWpocr3vmPqM6
Nominatsiyalar
📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X