TGViewer
WTM Tashkent WTM Tashkent @wtmtashkent · 470 subscribers
Post #582 585

Forwarded from Digital.uz

🏆 IT sohasidagi xotin-qizlar uchun “Yulduz Tech Awards” mukofotlash marosimi

Xotin-qizlarning IT sohasidagi roli yildan-yilga ortib, ular innovatsion yechimlar yaratuvchilari, texnologik loyihalar yetakchilari va raqamli o‘zgarishlarning muhim ishtirokchilariga aylanmoqda.

🌟 IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnatiga munosib baho berish, ularni rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ilk bor “Yulduz Tech Awards” mukofoti marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir ayollarning IT sohasida yangi marralarni zabt etishiga ilhom beradi va ularning jamiyatdagi o‘rni hamda ta’sirini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

💬 Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar uchun qiziqarli IT QUIZ o‘tkazilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshiriladi. QUIZ’da qatnashishni istaganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi: https://forms.gle/gnkR9FBAjjhtwdKb9

Tadbir tavsilotlari:
📅 Sana: 24-dekabr
⏰ Vaqt: 10:00
📍 Manzil: Toshkent, Ibrohim Mo’minov ko’chasi, 4, Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
  • ❤ 3
More from @wtmtashkent
  1. Sep 24, 202630 mln UZS for the best startup ideas: Techstars Startup Weekend in Tashkent 🚀 After powe…
  2. Sep 9, 2026Yosh ayollar sunʼiy intellekt, raqamli muhitning imkoniyatlari va mavjud xatarlaridan himo…
  3. May 11, 202654 soat ichida o’z startapingizga ega bo’lishni istaysizmi? 🚀 Shunchaki orzu qilishni to'…
  4. Apr 16, 2026🇺🇿 o'zbek tilida 🇷🇺 на русском AI Incubator 2026 — Applications Open 🚀 Launch your AI…
  5. Mar 24, 2026✨ Atlasdagi nafislikni raqamli dunyoga koʻchiramiz! Mohirdevʼdan ayol-qizlar uchun yangi l…
  6. Mar 3, 2026🔖 Девушки, вы готовы? Регистрация уже открыта 🤩 Мы запускаем два направления для тех, кт…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →