Moliyaviy yordamchingiz Wallyda ajoyib yangilanishlar 🥳
Ko'pchilik kutgan yangilik: endi u sizni har doim tanqid qilmaydi, faqat pulni samarali boshqarishga yordam beradi va keraksiz harajatlar qilsangiz tanqid qiladi. Kerakli paytlar esa qo'llab-quvvatlaydi.
✨ Yana nimalar yangilandi?
Avtomatlashtirish: Endi har oylik maosh, Netflix/Yandex obunalari yoki haftalik xarajatlarni kiritib avtomatlashtirib olsangiz bo'ladi. Wally ularni o'zi hisoblab boradi. 🔄
Aqlli eslatmalar: Qarzlaringiz yaqinlashgani sari Wally sizni ogohlantiradi. 🔔
Yanada oson: Xarajat, tushum va qarzlarni qo'shish soddalashdi va xatoliklar tuzatildi, ovozli xabar kiritish yanayam aniqlashdi. Istagan kategoriyangiz bo'yicha oylik limitlar qo'shish osonlashdi ✅
🤖 Wally bilan shunchaki suhbatlashing!
Endi Wally sizning shaxsiy tahlilchingiz. Undan bemalol so'rang:
"O'tgan hafta taksiga qancha ishlatdim?"
"Oziq-ovqatga limitim qancha edi?"
"O'tgan oyga nisbatan xarajatlarim qanday o'zgardi?"
Wally barchasini tahlil qilib, sodda javob beradi.
🔮 Rejadagilar (Tez kunda)
Karta integratsiyasi: Kartalaringizni qo'shasiz va AI harajatlaringizdan kelib chiqib sizga haftalik/oylik tahlil qilib beradi. 💳
Kuchliroq tahlil: Yanada aqlli AI savollaringizga chuqurroq javob beradi.
Rejali to'lovlar: Wally to'lov kuni sizdan "To'lov qildingizmi?" deb so'raydi va "ha" desangiz, balansdan yechadi.
Post #23
616
- ❤ 2