Bugun o'tkazgan kichik so'rovnomamiz natijalari bilan bo'lishmoqchiman.
Natijalar kutganimdek chiqdi: ko'pchilikka Wally'ning juda ko'p tanqid qilishi yoqmayapti. 😬
Rostini aytsam, buni o'zim ham sezgandim va allaqachon bu muammo ustida ishlashni boshlaganman.
Botni siz uchun yanada yaxshiroq qilish uchun oldimizda 2 ta asosiy maqsad turibdi:
1. "Aqlli" va o'rinli tanqid.
AI endi shunchaki "qimmatga olibsiz" demaydi, balki vaziyatni tahlil qilib, haqiqiy do'stdek maslahat beradi.
Masalan, siz 200 mingga Yandex'dan ovqat buyurtma qildingiz. AI sizga shunday deydi: "Bro, bu hafta allaqachon 5-dostavkangiz, jami 1 mlndan oshib ketdi. Bu ketishda oyni oxirida qotgan non yeymiz-ov 😕"
Yoki 300 mingga futbolka sotib oldingiz:
"Bu futbolkani qanoti bormikan? Yoki tilladan tikilganmi? 🤔 Juda qimmatga olibsiz-ku."
2. Kayfiyatingizni hisobga olish.
Ba'zida bizga tanqid emas, shunchaki qo'llab-quvvatlash kerak bo'ladi. Endi siz botga kayfiyatingizni aytishingiz mumkin:
"Bugun kayfiyatim sal yomonroq, ortiqcha tanqid qabul qilmayman."
Va bot buni tushunadi. U tanqidlarni o'chirib, faqat muhim eslatmalar bilan sizga yordam berishda davom etadi.
Yana bir yangilik.
Tez orada kartangizni ilovaga qo'shish imkoniyatini qo'shmoqchiman. Shunda AI har haftalik yoki kunlik xarajatlaringizni avtomatik tahlil qilib, sizga to'liq hisobot berib boradi.
Fikr-mulohazalar bo'lsa eshitishga tayyormiz. Aynan sizning yordamingiz bilan biz Wally'ni eng zo'r moliyaviy yordamchiga aylantiramiz 🔥
Post #17
909
- 🔥 6
- 👍 3
- ❤ 1