👥 Yoshlar tashabbusi — Toshkent turizmi rivoji uchun yangi imkoniyat!
🖋 Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘i Sh. Nosirov turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning sohani rivojlantirishga qaratilgan taklif, tashabbus va mulohazalarini tingladi.
Uchrashuv davomida yoshlarni turizm sohasidagi amaliy jarayonlarga yanada faol jalb etish, ularning bilim va salohiyatidan samarali foydalanish hamda yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
👫 Muloqot yakunida talabalar tomonidan “Tashabbuskor talabalar kengashi”ni tashkil etish taklifi ilgari surildi va mazkur tashabbus ma’qullandi. Kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Toshkent shahar Turizm boshqarmasi tomonidan zarur amaliy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatilishi belgilandi.
Kengash volontyorlik tamoyillari asosida turizm sohasidagi turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borishi ko‘zda tutilmoqda. Xususan, talabalar gidlik va tarjimonlik faoliyatida ishtirok etish, mahalliy va xalqaro turistik tadbirlarni tashkil etishga ko‘maklashish, yangi turistik loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, sayyohlar uchun turli loyihalarda volontyor sifatida faol qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, mazkur kengash yoshlar uchun nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish, tajriba orttirish, soha mutaxassislari bilan hamkorlik qilish va kelgusida turizm sohasida professional faoliyat olib borish uchun o‘ziga xos platforma bo‘lib xizmat qiladi.
✨ Yoshlarning g‘oyasi, tashabbusi va energiyasi — Toshkent turizmining yangi imkoniyatlari sari!
#ToshkentTurizmi #TashabbuskorTalabalar #YoshlarVaTurizm #Volontyorlik #Turizm #Gidlik #YangiLoyihalar #Toshkent #Tourism




