TADBIRKORLAR DIQQATIGA! XALQARO TURIZM KO‘RGAZMASIDA ISHTIROK ETING!
Joriy yilning 19–21 noyabr kunlari Polshaning Varshava shahridagi “Ptak Warsaw Expo” majmuasida “ITTF Warsaw 2026” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur xalqaro ko‘rgazma turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun o‘z xizmat va turistik mahsulotlarini xalqaro bozorda namoyish etish, xorijiy hamkorlar bilan yangi biznes aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma hisoblanadi.
🏢 O‘tkazilish joyi: “Ptak Warsaw Expo”, Varshava, Polsha
📅 Sana: 2026-yil 19–21 noyabr
🌐 Tadbir: “ITTF Warsaw 2026” xalqaro turizm ko‘rgazmasi
Polshadagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi ko‘rgazmada ishtirok etish istagini bildirgan tashkilot va tadbirkorlik subyektlariga tashkiliy masalalarda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor.
📞 Bog‘lanish uchun: B.Fayziyev
Tel.: +998 94 290 01 11
Turizm sohasidagi biznesingizni xalqaro maydonda namoyish etish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatidan foydalaning!
#TadbirkorlarDiqqatiga #Turizm #XalqaroKorgazma #ITTFWarsaw2026 #Polsha #Varshava #Biznes #Eksport #Hamkorlik
