Bugun – 27-sentabr, Butunjahon turizm kuni. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston turizm sohasi xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdim.
Qutlovda ochiqlik siyosati, viza tartibining soddalashtirilishi, transport va mehmonxona infratuzilmasining kengayishi turizm rivojiga kuchli turtki bergani ta’kidlangan. Jumladan, 2025-yilda yurtimizga qariyb 12 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgani, bu yutuqlar zamirida sohada mehnat qilayotgan minglab insonlarning mashaqqatli mehnati turgani qayd etilgan.
Tabrikda Xiva, Samarqand, Qoraqalpog‘iston va boshqa hududlarda yangi sayyohlik maskanlari va yo‘nalishlarini rivojlantirish, turizm xizmatlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish rejalari bayon qilingan. Maqsad – O‘zbekistonni dunyoning eng mashhur turizm markazlaridan biriga aylantirish.
Shuningdek, soha xodimlari mehnatini munosib e’tirof etish uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etish taklifi ilgari surilgan. Qutlov turizm sohasi vakillariga baxt-saodat va faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaklari bilan yakunlandi.
—
Сегодня, 27 сентября, отмечается Всемирный день туризма. На торжественном мероприятии по этому случаю зачитал поздравление Президента Шавката Мирзиёева, адресованное работникам сферы туризма Узбекистана.
В поздравлении отмечено, что политика открытости, упрощение визового режима, развитие транспортной и гостиничной инфраструктуры придали мощный импульс отрасли. В частности, в 2025 году нашу страну посетили почти 12 миллионов иностранных туристов. Подчёркнуто, что за этими достижениями стоит труд тысяч людей, работающих в сфере туризма.
В тексте поздравления изложены планы по созданию новых туристических объектов и маршрутов в Хиве, Самарканде, Каракалпакстане и других регионах, внедрению современных технологий в сферу туризма. Цель – сделать Узбекистан одним из самых популярных туристических центров мира.
Также выдвинуто предложение учредить почётное звание «Заслуженный работник туризма Республики Узбекистан» в знак признания труда представителей сферы. Поздравление завершилось пожеланиями благополучия и новых успехов всем работникам туризма.
Facebook|Instagram|X
Post #9962
273
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov






