Xalifa Hishom ibn Abdulmalik ham oʻlimi yaqinlashgach, tepasida yigʻlayotgan oila aʼzolariga qarab, shunday dedi: “Hishom sizlarga dunyo bilan keldi, sizlar esa unga yigʻlayapsiz. Hishom toʻplagan narsalarini sizlarga tashlab ketyapti, sizlar esa uning amallarini oʻziga koʻtartirib yuboryapsiz. Ey Hishom, agar Alloh rahm qilmasa, musibating naqadar buyuk!”.
Xalifa Maʼmunning oʻlimi yaqinlashgan paytda “Meni karavotdan tushiringlar”, dedi. Uni yerga tushirishdi. U chakkasini tuproqqa qoʻydi-da, “Ey mulki zavol topmaydigan Zot, mulki zavol topadigan bandangga rahm qil”, dedi.
Bilol roziyallohu anhuning oʻlim yaqinlashganda ayollari: “Oh, qaygʻuga botdik!” dedi. Buni eshitgan Bilol yuzidan choyshabni olib, oʻlim talvasasida turgan holida: “Qaygʻu dema, xursandchilik degin. Chunki ertaga doʻstlarim – Muhammad alayhissalom va u zotning sahobalari bilan uchrashaman”, dedi.
YAXSHILIK QILISHGA ULGURIB QOLING!
“Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat yetkazur”(Zoriyot surasi, 55-oyat).
Kanalga a'zo bo'ling: T.me/vaqfuz