💜 Uzum Tezkor biznes uchun yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi
Uzum Tezkor o‘zining logistika infratuzilmasi imkoniyatlarini kengaytirib, tadbirkorlar uchun yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi. Endilikda biznes vakillari platforma kuryerlaridan nafaqat Uzum ekotizimi ichidagi buyurtmalarni yetkazib berishda, balki o‘zlarining kundalik ish jarayonlarida ham foydalanishlari mumkin. Bu orqali tadbirkorlar turli biznes vazifalari uchun o‘z logistika tizimini yaratmasdan, Uzum’ning tayyor infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Restoranlar Uzum Tezkor yetkazib berishini telefon, Telegram, ilova yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qiladigan buyurtmalariga ulashlari mumkin. Mijoz buyurtma yetkazib berilayotgan paytda uning holatini kuzatishi va zarur bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi mumkin. Xizmat hozirda Uzum Tezkor faoliyat yuritadigan 13 ta shaharda ishlamoqda.
Uzum Market sotuvchilari esa shaxsiy kabinet orqali mahsulotlarini o‘z ombori yoki do‘konidan marketpleys ombori yoki topshirish punktigacha yetkazib berishga buyurtma berishlari mumkin. Jo‘natmalar sug‘urtalangan bo‘lib, yetkazib berish avtomobilda harakatlanadigan kuryerlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday xizmat, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun qulay: tadbirkorlar tayyor infratuzilma, shaffof shartlar va o‘zlariga tanish vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada ular logistika bilan bog‘liq jarayonlarga kamroq resurs sarflab, bo‘shagan vaqt va mablag‘ni biznesini rivojlantirishga yo‘naltirishlari mumkin. Sotuvchilar uchun xizmatdan allaqachon 800 dan ortiq tadbirkor foydalanmoqda. Hozircha xizmat faqat Toshkent shahrida mavjud bo‘lib, kelgusida uning geografiyasi va foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
🌸
💜 Uzum Tezkor запустил доставку для бизнеса
Uzum Tezkor расширяет возможности своей логистической инфраструктуры и запускает сервис доставки для предпринимателей. Теперь бизнес может использовать курьеров платформы не только для заказов внутри экосистемы Uzum, но и в собственных операционных процессах. Экосистемный подход позволяет предпринимателям использовать готовую инфраструктуру Uzum для разных бизнес-задач, не создавая собственные логистические решения.
Рестораны могут подключить доставку Uzum Tezkor к заказам, которые получают через телефон, Telegram, приложение или соцсети. У клиента есть возможность отслеживать заказ и обратиться в поддержку во время доставки. Решение уже работает в 13 городах присутствия Uzum Tezkor.
Продавцы Uzum Market могут через личный кабинет заказать перевозку товаров со своего склада или магазина на склад маркетплейса или в пункт выдачи. Отправки застрахованы, а доставка выполняется курьерами на автомобилях.
Такой формат особенно важен для малого и среднего бизнеса: предприниматели получают доступ к готовой инфраструктуре, прозрачным условиям и знакомым инструментам, а высвободившиеся ресурсы могут направить на развитие бизнеса. Сервис для продавцов уже подключили более 800 предпринимателей. Пока он доступен только в Ташкенте, в дальнейшем география и сценарии использования будут расширяться.
Post #321
1.57K

- 👍 9
- ❤ 5
- ❤🔥 3
- 👏 3