💜 Uzum Market ishlamoqda
Uzum Market sayti va ilovasi, shuningdek, sotuvchining shaxsiy kabineti ishlamoqda, buyurtmani odatdagidek rasmiylashtirish mumkin.
Ombor buyurtmalarni yig‘moqda, mamlakat bo‘ylab topshirish punktlari odatdagi rejimda ishlamoqda. Buyurtmalarning topshirish punktlarida saqlanish muddatlari uzaytirildi.
E’lon qilingan barcha kompensatsiyalar o‘z kuchida qoladi. Nosozlik sababli buyurtmalarini olib keta olmagan xaridorlarga bir hafta ichida keyingi buyurtma uchun promokodlar yuboramiz. Sotuvchilar uchun logistika va saqlash oktabr oxirigacha bepul bo‘ladi, franshiza asosidagi topshirish punktlari egalariga esa olinmagan foydalari qoplab beriladi.
Hozircha ayrim funksiyalar ishida xatoliklar uchrashi mumkin, dasturlash jamoasi barcha mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun yangilangan infratuzilmani sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda.
Sabringiz va tushunganingiz uchun rahmat!
🌸
💜 Uzum Market работает
Сайт и приложение Uzum Market, а также личный кабинет продавца уже доступны, оформить заказ можно в обычном режиме.
Склад собирает заказы, пункты выдачи по всей стране работают в обычном режиме. Сроки хранения заказов в пунктах выдачи продлены.
Все объявленные компенсации остаются в силе. Покупателям, которые не смогли забрать заказы из-за сбоя, в течение недели отправим промокоды на следующий заказ, для продавцов логистика и хранение будут бесплатными до конца октября, а владельцы пунктов выдачи по франшизе получат возмещение недополученной прибыли.
Пока в работе отдельных функций могут появляться ошибки, команда разработки продолжает тестировать обновленную инфраструктуру, чтобы устранить все возможные неполадки.
Спасибо за терпение и понимание!
Post #334
1.33K
- ❤ 25
- 🔥 9
- 🤩 7
- 🏆 4
- 👍 3