#Metnews
💎 Yevropa kritik minerallar bo‘yicha €21,1 milliardlik loyihalarni tanladi
Yevropa Komissiyasi 16 ta davlatda 46 ta strategik loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular litiy, mis, nikel, volfram va noyob yer elementlarini qazib olish hamda qayta ishlashni qamrab oladi.
Tashabbus Xitoyga qaramlikni kamaytirish, ruxsat berish jarayonlarini tezlashtirish va investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan.
🫥🫥🫥
🔥 Litiy bozorida $2 milliardlik yirik shartnoma imzolandi
AQSHning EnergyX kompaniyasi va Trafigura 10 yil davomida 100 ming tonna litiy mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
AQSH va Chilidagi loyihalarda litiy ajratib olishning ilg‘or DLE texnologiyasi qo‘llaniladi. Mahsulotlar elektromobillar va energiya saqlash tizimlari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
🫥🫥🫥
⚡️ Avstraliyada jahon talabining 4–5 foizini ta’minlashga mo‘ljallangan yirik loyiha boshlandi
Arafura Rare Earths kompaniyasining Nolans koni va qayta ishlash majmuasi qurilishiga start berildi. Bu yerda yuqori texnologiyali magnitlar ishlab chiqarish uchun zarur neodim va prazeodim olinadi.
Avstraliya hukumati loyihani 1,2 milliard Avstraliya dollari bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. AQSH, Kanada, Germaniya va Janubiy Koreya moliya institutlari ham ishtirok etayotgan majmua global ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi.
🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site |🎰LinkedIn |🌐 X |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬Youtube | 🚀Telegram
Post #5703
487

- ❤ 3
- ❤🔥 3
- 👍 3