TGViewer
“OʻzTMK” AJ | Press-service “OʻzTMK” AJ | Press-service @uztmk_official · 23K subscribers
Post #5697 423
⚡️TMKning IPO strategiyasi xalqaro institutsional investorlar e’tiborida

💼 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) yirik institutsional investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish va yangi moliyaviy imkoniyatlarni shakllantirish yo‘lida muhim qadam tashladi.

💠 Toshkentda Citi banki tomonidan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziya bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro investorlar tashrifi doirasida TMK rahbariyati Buyuk Britaniyaning Schroders investitsiya kompaniyasi, AQShning Sandglass Capital Management investitsiya fondi hamda Citi banki vakillari bilan uchrashdi.

🗣Muzokaralarda xalqaro moliya bozorining yirik ishtirokchilari qatnashdi. Xususan, Buyuk Britaniyaning Schroders kompaniyasi boshqaruvidagi aktivlar hajmi 867,8 milliard funt sterlingni tashkil etadi. AQShning Sandglass Capital Management investitsiya fondi esa rivojlanayotgan bozorlardagi suveren va korporativ qarz qimmatli qog‘ozlariga ixtisoslashgan.

➡️Uchrashuvda TMKning rivojlanish strategiyasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, sanoat quvvatlarini kengaytirish rejalari hamda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Xorijiy investorlar kombinat loyihalariga qiziqish bildirdilar.

🔵Muzokaralarning asosiy masalalaridan biri TMK aksiyalarini 2028-yilda birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) rejasi bo‘ldi. Shu doirada kompaniyaning xalqaro kredit reytingini olish hamda aksiyalarini fond birjasiga chiqarish istiqbollari muhokama qilindi. Xorijiy investorlar ushbu jarayonlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirib, tomonlar kelgusida hamkorlik va muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

🫥🫥🫥
✅TMK matbuot xizmati

🌐Web-site |🎰LinkedIn |🌐 X |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬Youtube | 🚀Telegram
  • ❤ 5
  • 🔥 2
  • 💯 1
More from @uztmk_official
  1. Oct 13, 2026Post #5696
  2. Oct 13, 2026#Birja_narxlari #TMK 📊 Kritik minerallarning bugungi birja narxlari bilan tanishing 🫥🫥�…
  3. Oct 13, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Yangi Toshkent zamonaviy biznes, ta’lim, tibbiyot, turizm v…
  4. Oct 13, 2026⚡️ TMK mezbonligida “Zakovat” intellektual musobaqasi yakunlandi! 🧠 Kuchli sanoatning aso…
  5. Oct 12, 2026#UIMF2026 #MiningMetalsUzbekistan ⚡️UIMF 2026: O‘zbekiston xalqaro investorlar uchun kriti…
  6. Oct 12, 2026#Vakansiya #TMK 📣 O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) jamoasiga qo‘shilishni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →