TGViewer
Channel Public Channel
UzTech UK

UzTech UK

@uztechuk

Buyuk Britaniyadagi O‘zbek dasturchilar kanali.

Bizning maq'sadimiz:
* O‘zbekistondan kelgan talabalarga yordam berish.
* Bir birimiz bilan tanishish
* Vatanga qaytganda foydali mutaxassis bo‘lish.
Subscribers
812
Photos
89
Videos
4
Links
141

Showing posts older than #139 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #136 762
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

Assalomu alaykum, do‘stlar!

O‘tgan haftadagi meetup’da MCP asoslari va uning imkoniyatlari haqida gaplashgan edik. Bu safar mavzuga amaliy tomondan yondashamiz.

Mavzu: MCP: Amaliy mashg‘ulot
Speaker: Saidolim Djuraev

Meetup davomida:
• MCP serverlarini o‘rnatish va ulash
• Claude Code va boshqa AI agentlar bilan ishlash
• Real vazifalarni MCP yordamida bajarib ko‘rish

🗓 Sana: 19-Iyun, Juma
🕕 Soat: 18:00 (London vaqti)
📍 Manzil: 77 Marsh Wall, E14 9SH

Barchangizni kutamiz! ☕️🙂

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTechUK
📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
  • ❤ 3
  • 👌 2
Post #135 5.05K
🇺🇿 UZBEKISTAN'S HISTORIC WORLD CUP MATCH — LIVE IN LONDON 🇺🇿

History is being made.

For the first time ever, Uzbekistan will play at the FIFA World Cup, and we're bringing this special moment to the heart of London!

⚽️ Uzbekistan 🇺🇿 vs 🇵🇹 Portugal

📅 Tuesday, 23 June 2026
🚪 Doors open: 17:00
⏰ Kick-off: 18:00
📍 Copthorne Tara Hotel, Kensington, London

🔗 Tickets: https://buytickets.at/gashtaklimited/2270290

🎟 £10 ticket includes:
✅ Live match on big screens
✅ Traditional Uzbek meal (plov + drink)
✅ Fan zone activities & photo zone

🤝 Organised together with:
• Gashtak Community
• OSHPAZ
• Uzbek Students' Union
• WAYU UK
• UzTech UK

💛 Sponsored by:
• Moneff
• TezParcel

This is more than a football match. It's a celebration of a dream shared by 40 million people finally reaching the world stage. 🇺🇿

🎉 Wear Uzbek symbols or blue & white colours.
🇺🇿 Bring your flags.
📣 Bring your voices.

⚠️ Age limit: 10+

Spots are limited and will be allocated on a first come, first served basis.
  • 🎉 5
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
  • 👍 1
Post #132 970
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

Assalomu alaykum, do‘stlar!

Bugungi kunda Claude, ChatGPT va boshqa AI agentlar bilan ishlayotgan dasturchilar orasida MCP tobora ommalashib bormoqda.

Navbatdagi onlayn tadbirimizda aynan MCP (Model Context Protocol) bilan ishlashni ko‘rib chiqamiz.

Meetup davomida:
• MCP nima va nima uchun kerak
• AI agentlarni tashqi servislar bilan qanday bog‘lash mumkin
• Real loyihalarda MCP’dan foydalanish misollari

🗓 Sana: 12-Iyun, Juma
🕕 Soat: 18:00 (London vaqti)
📍 Manzil: UzTechUK YouTube kanali

Barchangizni kutamiz!

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTechUK
📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
  • 👍 4
  • 🔥 4
Post #131 775

Forwarded from Dr.Feruza Rashidova

Londonda faoliyat yuritayotganingiz va o‘zbek yoshlarini birlashtirish yo‘lida qilayotgan ishlaringiz tahsinga sazovor. Ayniqsa, UKda ta'lim olayotgan va faoliyat yuritayotgan IT mutaxassislarini jamlab, ularning bilim va tajribalarini O‘zbekiston rivojiga yo‘naltirish tashabbusingiz juda muhim va dolzarb.

Siz aytgan fikrga to‘liq qo‘shilaman. Bu yerda shakllangan ta'lim standartlari, kompetensiyalar frameworklari, sifatni baholash va o‘qitish metodologiyalarini Vatanimizga olib kirish va moslashtirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri. Men ham aynan ta'lim sifati, malakalarni baholash va xalqaro standartlarni joriy etish yo‘nalishlarida ishlamoqdaman.

Hozir doktorantura va ilmiy tadqiqotlar doirasida ham xorijdagi vatandoshlarimiz bilan hamkorlikni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratyapmiz. Chunki mamlakatimiz uchun kerakli ilmiy-amaliy yechimlarni yaratishda xalqaro tajribaga ega vatandoshlarimizning hissasi juda katta. Shu sababli kelgusida UzTechUK hamjamiyati bilan ham birgalikda seminarlar, tadqiqotlar, mentorlik dasturlari yoki yoshlar uchun ilmiy-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini mamnuniyat bilan muhokama qilardim.

Sizlarning haftalik seminarlaringiz va hamjamiyatni jipslashtirishga qaratilgan faoliyatingiz haqida eshitib juda quvondim. Bu kabi tashabbuslar kelajakda kuchli professional va ilmiy tarmoqlar shakllanishiga xizmat qiladi.

Aloqada bo‘laylik. Nasib qilsa, ta'lim, malaka va innovatsiyalar sohasida birgalikda foydali loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘p bo‘ladi deb o‘ylayman.

Yana bir bor e'tibor va samimiy tilaklaringiz uchun rahmat.

Sizga ishlaringizda muvaffaqiyat, hamjamiyatingizga esa yanada katta rivoj tilayman.
  • 🔥 10
  • ❤ 6
Post #130 591
Assalomu alaykum do‘stlar!

Feruza Musayevna bilan birnecha yildan beri tanishman. O‘zbekistonda kasbga o‘rgatishga standard ishlab chiqish yo‘lida 10-15 yildan beri harakat qilib keladilar.

Bilasiz, UK universitetlarida hamma soha uchun Framework bor. Certification bor. Shuni o`zimizda ham qilish kerak.

Aynan shu yo‘lda birnecha yillardan beri xizmat qilib keladilar.

Yaqinda ayyomlari bilan tabriklab, gaplashib qoldik. UzTech UK haqida aytib berdim va juda chiroyli qilib javob hati yozdilar. Shu hatni siz bilan ulashmoqchiman.

Duo qilib qo‘ysangiz. Ularning va bizning ishlarimiz rivojlansin. Vatanimiz uchun foydali loyihalar ko‘paysin.

@Saidolim

——

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTechUK
📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
  • 🔥 4
Post #129 641

Forwarded from IT Park Uzbekistan

🇬🇧 Londonda “Digital Champions” netvorking tadbiri bo‘lib o‘tadi

IT Park Uzbekistan Buyuk Britaniyadagi vatandoshlar, IT-mutaxassislar va texnologiya hamjamiyati a’zolarini Londonda bo‘lib o‘tadigan “Digital Champions” nomli netvorking-anjumanga taklif etadi.

🌐 Tadbir davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi;
- IT Park’ning so‘nggi tashabbuslari;
- yangi xalqaro hamkorlik imkoniyatlari;
- “Tech Ambassador” dasturi;
- O‘zbekistonning IT va autsorsing sohasidagi xalqaro o‘rni.

🤝 Ishtirokchilar mamlakatning raqamli kelajagini shakllantirayotgan yetakchilar bilan muloqot qilish barobarida o‘z tajribasi, g‘oyalari va kasbiy qarashlari bilan o‘rtoqlashish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

📍 O‘tkazilish joyi: O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi
📌 Manzil: 41 Holland Park, London W11 3RP
🗓 Sana: 9-iyun
⏰ Vaqt: 14:00–16:00

🔗 Tadbirda qatnashish

—

🇬🇧 The "Digital Champions" networking event will be held in London

IT Park Uzbekistan invites compatriots in the UK, IT specialists, and members of the technology community to the "Digital Champions" networking event in London.

🌐 The event will cover the following topics:
- The digital transformation of Uzbekistan
- The latest initiatives from IT Park
- New opportunities for international cooperation
- The "Tech Ambassador" program
- Uzbekistan's international role in the IT and outsourcing sectors.

🤝 Participants will have the opportunity to interact with the leaders shaping the country's digital future, as well as share their own experiences, ideas, and professional insights.

📍 Venue: Embassy of Uzbekistan in the United Kingdom
📌 Address: 41 Holland Park, London W11 3RP
🗓 Date: June 9
⏰ Time: 2:00 PM – 4:00 PM

🔗 Join the event

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Post #126 718
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

Assalomu alaykum, do‘stlar!

O‘tgan meetup’da asosan CLAUDE.md va uning real loyihalardagi qo‘llanilishini ko‘rib chiqqan edik. Bu safar Claude Code uchun shaxsiy Skills yaratish va ulardan amalda foydalanishni o‘rganamiz.

Mavzu: Claude Code: Amaliy mashg‘ulot
Speaker: Saidolim Djuraev

Meetup davomida:
• O‘z Skills’imizni yaratish
• Takroriy vazifalarni avtomatlashtirish
• Real loyiha ustida ishlash

🗓 Sana: 5-Iyun, Juma
🕕 Soat: 18:00 (London vaqti)
📍 Manzil: 77 Marsh Wall, E14 9SH

📱 Qatnashish uchun havola:
https://meet.google.com/eak-erzp-hjp

Tadbirda ko'rishguncha!

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTechUK
📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
  • 👍 8
  • 🫡 2
Post #122 837
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

Assalomu alaykum, do‘stlar!

Nasib qilsa ertaga navbatdagi offlayn meetup’imiz bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Claude Code: Skills bilan ishlash
Speaker: Saidolim Djuraev

Meetup davomida:
• Skills nima va u qanday ishlaydi
• Takroriy vazifalarni tezroq va bir xil sifatda bajarish
• Claude Code bilan ishlashdagi foydali yondashuvlar

kabi mavzularni ko‘rib chiqamiz.

🗓 Sana: 29-May, Juma
🕕 Soat: 18:00 (London vaqti)
📍 Manzil: 77 Marsh Wall, E14 9SH

📱 Qatnashish uchun havola:
https://meet.google.com/eak-erzp-hjp

Barchangizni kutamiz! ☕️🙂

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK
📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
  • ✍ 3
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • ⚡ 2
  • 🤝 2
Post #121 801
UzTech UK Biz boshladik: https://meet.google.com/eak-erzp-hjp 📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

Bugungi AI meetup’ga qo‘shilgan barchaga katta rahmat!

Dars davomida Claude Code bilan tanishib, kichik vebsayt yasab koʻrdik. Quyida dars davomida ulashilgan ma'lumotlarga havolalar qoldiramiz 👇

1. Taqdimot:
👉 Claude Code’dan foydalanish

2. Claude Code’ni o‘rnatish qoʻllanmasi:
👉 Claude Code Quickstart

3. Meetup davomida yasagan kichik loyihamiz:
👉 Kitob ko‘rgazmasi sayti - GitHub Repository

4. AI modellarni taqqoslash platformasi:
👉 Arena Leaderboard

Bizni kuzatib boring va keyingi meetup'larni o‘tkazib yubormang!

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK
📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
  • 👍 4
  • 🤝 1
Post #120 696

Forwarded from UCAN Community | Netvorking Uchrashuvlar

Jamshidxon Ziyoxonov bilan Londonda uchrashuv;

Mashhur YouTuber Jamshidxon Ziyoxonov bilan Greenwich Universitetida jonli uchrashuvga taklif etamiz.

Uchrashuvda, foydali maslahatlar, savol-javob sessiyasi, netvorking, samimiy suhbat va kofe breyk ham bo'ladi. Eng yaxshi savol egalari maxsus sovg'a oladi!

Manzil: University of Greenwich, Old Royal Naval College, London SE10 9NW
Vaqt: 23 May | 14:00

Joylar soni cheklangan, havola orqali Ruyxatdan o’ting

Barchani uchrashuvda kutib qolamiz!
  • 👍 4
  • ❤ 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →