Londonda faoliyat yuritayotganingiz va o‘zbek yoshlarini birlashtirish yo‘lida qilayotgan ishlaringiz tahsinga sazovor. Ayniqsa, UKda ta'lim olayotgan va faoliyat yuritayotgan IT mutaxassislarini jamlab, ularning bilim va tajribalarini O‘zbekiston rivojiga yo‘naltirish tashabbusingiz juda muhim va dolzarb.
Siz aytgan fikrga to‘liq qo‘shilaman. Bu yerda shakllangan ta'lim standartlari, kompetensiyalar frameworklari, sifatni baholash va o‘qitish metodologiyalarini Vatanimizga olib kirish va moslashtirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri. Men ham aynan ta'lim sifati, malakalarni baholash va xalqaro standartlarni joriy etish yo‘nalishlarida ishlamoqdaman.
Hozir doktorantura va ilmiy tadqiqotlar doirasida ham xorijdagi vatandoshlarimiz bilan hamkorlikni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratyapmiz. Chunki mamlakatimiz uchun kerakli ilmiy-amaliy yechimlarni yaratishda xalqaro tajribaga ega vatandoshlarimizning hissasi juda katta. Shu sababli kelgusida UzTechUK hamjamiyati bilan ham birgalikda seminarlar, tadqiqotlar, mentorlik dasturlari yoki yoshlar uchun ilmiy-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini mamnuniyat bilan muhokama qilardim.
Sizlarning haftalik seminarlaringiz va hamjamiyatni jipslashtirishga qaratilgan faoliyatingiz haqida eshitib juda quvondim. Bu kabi tashabbuslar kelajakda kuchli professional va ilmiy tarmoqlar shakllanishiga xizmat qiladi.
Aloqada bo‘laylik. Nasib qilsa, ta'lim, malaka va innovatsiyalar sohasida birgalikda foydali loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘p bo‘ladi deb o‘ylayman.
Yana bir bor e'tibor va samimiy tilaklaringiz uchun rahmat.
Sizga ishlaringizda muvaffaqiyat, hamjamiyatingizga esa yanada katta rivoj tilayman.
Post #131
775
Forwarded from Dr.Feruza Rashidova
- 🔥 10
- ❤ 6